16 dek 10:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Yangi yulduz Oliveyra UFC reytingida Konor va Fergyusonni ortda qoldirdi
Las-Vegas (Nevada shtati, AQSH) shaxrida o'tgan UFC 256 turniridan so'ng UFC promousheni reytingida bir qator o'zgarishlar ro'y berdi.
Ushbu o'zgarishlardan eng ahamiyatlisi engil vazn toifasi reytingida kuzatildi. Braziliyalik CHarlz Oliveyra yakshanba tongidagi ajoyib g'alabasidan so'ng reytingda to'rt pog'onaga yuqorilab, kuchli uchlikka kirib oldi. Undan avvalgi o'rinlarni Dastin Pore va Jastin Getji band etgan. Divizion chempioni sifatida Xabib Nurmagomedov hammadan yuqorida joylashgan.
Engil vaznning yangi yulduziga aylanayotgan CHarlz reytingda Toni Fergyuson va Konor Makgregorni ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi. Oliveyra yakshanba tongida o'tkazilgan UFC 256 turnirining markaziy jangida Toni Fergyusonni katta farq bilan mag'lubiyatga uchratgan edi. Toni yangi reytingida 4, Konor esa 5-o'rindan joy olgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar