27 avg 10:59
Yangiliklar

Yannik Sinner US Open chempionlik himoyasiga kirishdi
Dunyoning birinchi raketkasi va shu bilan birga musobaqaning amaldagi chempioni Yannik Sinner titul himoyasini muvaffaqiyatli boshlab oldi. Italiyalik tennischi ilk davrada ATP reytingida 89-o'rinni egallab turgan chexiyalik Vit Koprshivani ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/1, 6/1, 6/2.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. To'qson sakkiz daqiqa davom etgan bahsda Sinner 7, Koprshiva 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik Yannik tomonida bo'ldi - 7 ga 0. Endi u US Open ikkinchi bosqichida Aleksey Popiringa qarshi kortga chiqadi. Avstraliyalik tennischi birinchi davrada finlyandiyalik Emil Ruusuvuorini 6/3, 6/4, 7/6(3) hisobida mag'lub eta oldi.
Fikrlar