18 okt 18:57
Yangiliklar
Dzyudo
Yaponiya 11 ta medal bilan Parij "Katta Dubulg'a"da birinchi bo'ldi
Parij "Katta Dubulg'a" turniri ham tarix sahifalaridan joy oldi.
Ikki kunlik musobaqa yakunlariga ko'ra Yaponiya dzyudochilari umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi. Dzyudo vatani vakillari 7 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medali jamg'arishga muvaffaq bo'lishdi. Rossiya terma jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush bilan ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, kuchli uchlikka 2 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan Isroil terma jamoasi yakun yasadi.
Umuman olganda, Franciya tatamilarida 15 davlat dzyudochilari kamida bitta bronza medalini qo'lga kiritgan. Portugaliya va Ozarbayjon terma jamoalari bittadan oltin medalga ega chiqishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar