08 iyu 19:51
Yangiliklar
Yaponiya ayollar terma jamoasi yig'in o'tkazdi FOTOREPORTAJ
Bir haftaga mo'ljallangan o'quv-mashg'ulot yig'ini Tokio shahridagi Milliy mashg'ulot markazida o'tkazildi va kecha o'z nihoyasiga etdi. Kechadan esa yunon-rim kurashi bo'yicha Yaponiya terma jamoasi olti kunlik yig'inga kirishdi. 23-28 iyul kunlariga esa erkin kurashchilarning mashg'uloti belgilangan.
Yaponiyalik sport kurashi ustalarining keyingi yig'inlari avgust va sentyabr oylariga mo'ljallangan bo'lib, ular ham alohida tarzida, xuddi shu ketma-ketlikda tashkil etiladi.
O'quv-mashg'ulot yig'ini avvaldan ko'rilgan qatiy choralar asosida o'tkazilyapti. Yig'in oldidan ikki haftalik karantin ham joriy etilgandi. Barcha tibbiy ko'riklardan muvaffaqiyatli o'tilganidan keyingina mashg'ulot o'tkazishga ruxsat berildi.
Fikrlar