21 okt 16:26
Yangiliklar
Tokio-2020
Yaponiya Bosh vaziri Olimpiya o'yinlari 2021 yilda o'tkazilishiga ishonch bildirdi
Yaponiya Bosh vaziri Yosixide Suga 2021 yil Tokio Olimpiya o'yinlarini o'tkazish bo'yicha qatiy qaror qilgani haqida aytdi, deb xabar bermoqda “Reuters” agentligi.
“Men Olimpiada kelgusi yili bo'lib o'tishiga ishonch bildirmoqchiman”, -dedi Bosh vazir “Kyodo News” axborot agentligiga bergan intervyusida.
Bundan avval Yosixide Suga Xalqaro Olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax bilan telefon orqali muzokaralar o'tkazganligi malum bo'ldi. Tabiiyki, ular Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish masalalarini muhokama qilganlar.
Eslatib o'tamiz, Tokiodagi Olimpiya o'yinlari 2020 yil 24 iyul – 9 avgust kunlarida bo'lib o'tishi kerak edi. Koronavirus pandemiyasi tufayli Olimpiada kelgusi yilga ko'chirildi. Yangi sanaga muvofiq, bahslar 2021 yil 23 iyul – 8 avgust kunlarida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Bunda musobaqa “Tokio-2020” nomini saqlab qoladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar