So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

13 iyu 09:39
Yangiliklar

Boshqalar, Tokio-2020

Yaponiya elchixonasi vakillari MOQda mehmon bo'lishdi

Xabaringiz bor, roppa-rosa 1 yildan so'ng Yaponiya poytaxti Tokio shahrida XXXII yozgi Olimpiya o'yinlari start oladi.

Ayni paytda mazkur musobaqaga har tomonlama qizg'in hozirlik ko'rilmoqda. Bugun Milliy olimpiya qo'mitasiga Olimpiadaga hamkorlikda tayyorgarlik ko'rish masalalari bo'yicha Yaponiyaning O'zbekistondagi elchixonasi mutasaddilari tashrif buyurishdi. Mehmonlarni MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov kutib oldi. 

Tashrif davomida Yaponiyaning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisining o'rinbosari Suda Acushi yo'lga qo'yilishi kutilayotgan loyihalar haqida gapirib berdi.

“Yurtingizda kuni kecha nishonlangan “Olimpiya kuni”ni ko'rib lol qoldim. Tadbir juda ham yuqori saviyada tashkillashtirildi. Darhaqiqat, Tokioda Olimpiadaga juda katta tayyorgarlik ketyapti va qiziqish ham shunga yarasha yuqori. Oddiy misol, o'tgan hafta Olimpiada ochilish marosimi uchun sotuvga chiqarilgan chiptalar bir necha soatlar ichida harid qilib bo'lindi. Yaqinda Tokio Olimpiadasi tashkiliy qo'mitasining vice-prezidenti Toshiaki Endo O'zbekistonga tashrif buyurib, Milliy olimpiya qo'mitasi faoliyati, o'zbekistonlik sportchilarning Olimpiadaga tayyorgarligini ko'zdan kechirgan edi. Janob Endoning tashrifi davomida nihoyasiga etmay qolgan muzokaralar bor. O'ylaymanki, qolgan ishlarni yaqin orada hal qilamiz. O'zaro hamkorlik yo'lida biz dzyudo, karate, voleybol kabi sport turlari bo'yicha yaponiyalik mutaxassislarni O'zbekistonga jo'natishga tayyormiz”, – dedi Suda Acushi.

O'z navbatida Rustam SHoabdurahmonov ham bunday keng qamrovli hamkorlik borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Bunday ajoyib hamkorlik taklifi uchun katta rahmat sizga. Taklifingiz mamlakatlarimiz o'rtasidagi munosabatlar va sportimizning kelajakdagi rivoji uchun juda muhim. Albatta, sizning yordamingiz va qo'llab-quvvatlashingiz ham maqsad sari etishishda as qotadi. Ushbu loyiha bo'yicha Yaponiya elchixonasi va MOQ o'rtasida ishchi guruh tashkil qilsak-da, imkon qadar tezroq faoliyatni boshlasak. Haqiqatdan ham yapon milliy sport turlari sanalgan dzyudo va karate buyuk tarixga ega. Bizning bu borada o'rganadigan jihatlarimiz ko'p. Ishlab chiqadigan dasturimizda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil qilish, etakchi murabbiy va sportchilar, shuningdek, sport tibbiyoti hamda farmakologiya yo'nalishlari bo'yicha mutaxassislarimizning o'zaro tajriba almashishi ham maqsadga muvofiq. Qilinishi kerak bo'lgan shu kabi ishlarimizni yaxshi yo'lga qo'yib olsak, ko'zlangan natijaga erishishimiz oson bo'ladi”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

Uchrashuv mobaynida tomonlar Tokio Olimpiadasiga tayryorgarlik bosqichlari, o'zaro istiqbolli loyihalar va boshqa qator masalalar bo'yicha muzokara olib borishdi.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing