02 iyu 11:41
Yangiliklar

Yaponiya Olimpiada paytida koronavirusga qarshi choralarni kuchaytirishi mumkin
"Mainichi Shimbun" nashrining yozishicha, hukumat virus bilan zararlanganlar soni oshib borayotganidan havotirda. 12 iyulgacha Tokio shahrida kuchaytirilgan karantin choralari belgilangandi. Ammo, hukumat hozirgi vaziyat sabab ushbu choralar muddatini uzaytirmoqchi.
Hozirgi sharoitda musobaqalarga kiritiladigan tomoshabinlarning maksimal soni 5 ming kishi hisoblanadi. Avvalroq, musobaqa tashkilotchilari arenalarga 10 minggacha (to'liq sig'imning 50% dan oshmagan holda) muxlis kiritilishini reja qilishayotgandi.
"Xavfsizlik choralarini kuchaytirish bilan bog'liq barcha qarorlar amaldagi siyosatimizdan kelib chiqqan holda qabul qilinadi", -deydi Yaponiya hukumati bosh kotibi Kacunobu Kato.
Eslatib o'tamiz, Tokio Olimpiadasi 23 iyuldan 8 avgustgacha o'tkaziladi.
Fikrlar