02 dek 10:48
Yangiliklar
Tokio-2020
Yaponiya Olimpiadani o'tkazishga qo'shimcha 2 mlrd. dollar ajratadi
Tokio Olimpiadasi Tashkiliy qo'mitasi koronavirus pandemiyasi sababli 2021 yilgi ko'chirilgan O'yinlarga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bilan bog'liq xarajatlar uchun qo'shimcha 200 mlrd. iena (1,9 mlrd. dollar) ajratish to'g'risida qaror qabul qildi.
Qo'shimcha mablag'lar ijaraga beruvchilar xarajatlari, Olimpiya o'yinlari uchun sotilgan chiptalarni qaytarib berish ehtimoli bo'lgan pullarni qoplash hamda yollanma ishchilarga sarflanadi.
SHu yil oktyabr oyining boshida Tashkiliy qo'mita Olimpiya o'yinlarini o'tkazish xarajatlarini 30 mlrd. ienaga (284 mln. dollar) tejashni rejalayotganini malum qilgan edi. Buni Olimpiadaga tashrif buyuradigan chet el delegaciyalari va Xalqaro olimpiya qo'mitasi rasmiy shaxslari sonini 10-15 foizga qisqartirish, sport obektlarini yoritishni tejash hisobiga amalga oshirish mo'ljallangan edi.
Yaponiya hozirning o'zida Olimpiya o'yinlari uchun 13 mlrd. dollardan ko'proq mablag' sarflagan.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar