29 okt 07:54
Yangiliklar
Tokio-2020
Yaponiyada Olimpiya mashalasi ko'rgazmasi noyabrdan mart oyigacha bo'lib o'tadi
Hozirda hamma ko'rishi uchun Tokioda saqlanayotgan Olimpiya mashalasining ko'rgazmalari Yaponiyaning boshqa hududlarida shu yil noyabr oyidan kelgusi yil mart oyigacha bo'lib o'tadi.
Olimpiya mashalasi 7 noyabrda Isikava prefekturasida ko'rgazmaga qo'yilishi aytilmoqda. SHundan so'ng kelgusi yil mart oyigacha Olimpiya mashalasi mamlakatning yana 13 ta prefekturasida ko'rgazmaga qo'yiladi.
Olimpiya mashalasi shu yil avgust oyining oxirida tantanali marosim bilan Tokiodagi Olimpiya muzeyiga qo'yilgan edi. Mashala maxsus moslama ichiga joylashtirilgan. Koronavirus pandemiyasi sababli muzeyga kirish uchun oldindan buyurtma berilishi talab qilinadi. SHu bilan birga bu binoda bir vaqtning o'zida 120 nafargacha odam bo'lishi mumkin.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar