24 iyu 17:30
Yangiliklar
Yaponiyada yo'qolgan ugandalik og'ir atletikachi Julius Sekitoleko uyiga qaytdi
Yaponiya policiyasi Juliusni topdi va u o'z mamlakatiga qaytdi. Uganda tashqi ishlar vazirining so'zlariga ko'ra, og'ir atletikachi Olimpiya terma jamoasining odob-axloq qoidalarini buzgan, ammo endi unga psixologik yordam ko'rsatiladi.
Avvalroq, Yaponiyada o'z jamoasi joylashgan manzildan g'oyib bo'lgan Sekitoleko Ugandaga qaytib borishni istamasligini, u erda hayot qiyin bo'lganligi haqida yozib qoldirganligi va o'z delegaciyasi azolaridan narslarini rafiqasiga etkazib berishni iltimos qilgani haqida xabar berilgan edi. Og'ir atletikachining yo'q bo'lib qolgani uning yoniga koronavirus testini olish uchun kelishganida aniqlandi. Sportchi o'z xonasida bo'lmagan. Keyinchalik u Yaponiyada tezyurar poezdga chipta sotib olgani malum bo'ldi.
Fikrlar