So’nggi yangiliklar

19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0

10 avg 14:54
Yangiliklar

Dzyudo

Yaponiyalik murabbiyning shartnomasi yakunlandi

Dzyudo bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi azosi, yaponiyalik taniqli mutaxassis Tomoo Torii o'z vataniga jo'nab ketdi.

O'zbekiston dzyudo federaciyasi hamda Torii o'rtasidagi shartnoma Tokio-2020 Olimpiadasi yakuniga qadar imzolangan edi. To'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi esa koronavirus pandemiyasi sabab bir yilga surildi.   

Malumot uchun, Tomoo Toriining yurtimizga kelishi O'zbekiston va Yaponiya davlatlari o'rtasidagi do'stona aloqalar doirasida amalga oshirilgan edi. Bir yilga yaqin vaqt mobaynida tajribali mutaxassis, dunyoga mashhur Kodokan maktabi tarbiyalanuvchisi, xalqaro yo'riqchi (instruktor) Tomoo Torii faoliyati davomida orttirgan boy tajribasini barcha yosh toifasidagi terma jamoalarimiz azolariga ulashdi.    

- O'zbekistonga ilk bor 2002 yili kelgandim. O'shanda sportchi edim. Oradan shuncha yil o'tib, yurtingizda murabbiy sifatida ishlashga ham muvaffaq bo'ldim. O'zbekiston dzyudosi barcha davrlarda qita va jahonda o'z o'rniga ega bo'lgan. Dunyoda ham o'zbekistonlik dzyudochilarga alohida hurmat bilan qarashadi. Olimpiada va jahon chempionatlarida dzyudochilaringiz medallar uchun davogarlar qatorida etirof etiladi. Men bu erga O'zbekiston dzyudosi rivojiga yordam berish uchun kelgandim. O'ylaymanki, bu missiyani ozmi-ko'pmi uddaladim. Afsuski, koronavirus pandemiyasi sabab barcha o'ylagan rejalarimiz amalga oshmay qoldi. Nasib qilsa, biz kelasi yili Tokio Olimpiadasida uchrashamiz. Hammasi uchun rahmat!", - deydi Torii.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing