09 fev 10:17
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari
Yaponiyalik sportchi Olimpiada rasmiy starti oldidan olimpiya o'yinlari rekordini o'rnatdi
Yaponiyalik tog' chang'i sport turi vakili Noriaki Kasai Pxenchxan Olimpiadasining tantanali ochilish marosimidan oldin Qishki Olimpiya o'yinlari tarixiga kirdi.
Kasai ketma-ket 8ta Qishki Olimpiadada ishtirok etgan jahonning birinchi sportchisiga aylandi. Noriaki kecha musobaqaning saralash bahslarida startga chiqdi va rasman dunyo rekordini o'rnatdi.
Malumot uchun, 45 yoshli Kasai ilk bor 1992 yili Franciyaning
Albervil shahrida o'tgan to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etgan
edi. U faoliyati davomida 1994 yilgi Lillixammer Olimpiadasida kumush, Sochi-2014
Olimpiadasida kumush va bronza medallarini qo'lga kiritgan.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar