12 noy 15:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Yaponiyaliklar haliyam Meyvezer ishtirokida MMA jang tashkil qilishni rejalashtirmoqda
Yaponiyaning RIZIN MMA promousheni haliyam bokschi Floyd Meyvezer ishtirokida jang tashkil qilmoqchi.
Eslatib o'tamiz, bir necha kun oldin Meyvezer 31 dekabr kuni yaponiyada MMA jangini o'tkazishi haqida xabar qilingandi. So'ngra, Floyd bunga javoban ushbu jang rasmiy emas, ko'rgazmali maqomiga ega ekanligini aytib o'tgandi.
"Tushunmovchilik uchun kechirim so'raymiz. RIZIN rahbari ayni paytda janob Meyvezer bilan muzokaralar o'tkazmoqda.
Umid qilamanki, keyingi hafta bu borada aniq malumotlar bo'ladi. Yuzaga kelgan tushunmovchilik uchun uzr so'raymiz", - dedi RIZIN vakili.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar