30 dek 10:29
Yangiliklar
Yarim milliard dollarlik Konor Makgregor - Logan Pol jangi Mumbayda o'tkaziladi
Boks qoidalari asosida o'tkaziladigan asosida ko'rgazmali maqomda o'tkaziladigan ushbu jangga Hindistonning Mumbay shahri mezbonlik qiladi. Bu haqda jurnalist Glenn Emmett o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida jangchilarga yaqin manbalarga tayangan holda xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, har ikki sportchi jang uchun kafolatlangan 250 million AQSH dollaridan gonorar oladi. Ushbu katta jang tashkilotchisi sifatida Hindistonning boy oilasi - Ambanilar bo'lishi aytilmoqda. Bu boks kechasi Hindiston turizm va sporti rivoji uchun xizmat qiladi.
Etiborlisi, bu xabarni shaxsan Konor Makgregorning o'zi ham tasdiqladi. Irlandiyalik Emmettning ijtimoiy tarmoqqa qo'ygan postiga Hindiston bayrog'i va yurakcha qo'yish bilan munosabat bildirgan.
Malumot uchun, 29 yoshli Logan Pol WWE, yani restler bo'yicha AQSH chempioni hisoblanadi. U o'zining so'nggi jangini shu yilning yozida SummerSlam shousida o'tkazib, o'z titulini Naytga yutqazib qo'ygandi. Konor Makgregor esa iyun oyida Maykl CHendler bilan jang o'tkazishi kerak edi. Lekin oxir-oqibat bu jang bekor bo'lgandi.
Fikrlar