So’nggi yangiliklar

19:30Рамазон Темиров янгиланган UFC рейтингига муносабат билдирди (ФОТО) 0 18:42Энтони Жошуа нима сабабдан Усикнинг машғулот лагеридан кетганини тушунтирди 0 18:14"Барселона" ва "Реал" ярашув битимига эриша олмади 0 17:45Ислам Махачев қачондан кейинги жангига тайёргарликни бошлашини айтди 0 17:22Тошкентдаги проф бокс оқшоми учун яна бир жанг эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 16:54Таэквондо WТ терма жамоамиз World Taekwondo Final Гран-присида тўлиқ таркиб билан иштирок этади 0 16:17Гвардиола нима учун Италия терма жамоасини бошқаришдан бош тортгани ҳақида гапирди 0 15:41Гукеш Жавоҳир Синдаров билан илк партия ҳақида фикр билдирди 0 14:52Сенсацион мағлубиятидан кейин Гейбл Стивсоннинг UFC'даги навбатдаги жанги эълон қилинди 0 14:01Жавоҳир Синдаров Гукеш билан илк партиядан сўнг нималар деди? 0 13:15ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўз уйида Баҳрайн жамоасини меҳмон қилади 0 12:42Никита Белозерцев Анқарадаги Челленжерда нимчорак финалга йўл олди 0 11:31Царукян RAF лигасида Махачев ва Нурмагомедов билан курашмоқчи 0 10:24«Исламни ММАдан кетишга мажбур қиламан». Карлос Пратес Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида 0 09:36ЕЧЛ. "Арсенал" ғалабани қўлдан чиқарди, "Ман Сити"да дуранг ва бошқа натижалар 0

28 iyu 14:24
Yangiliklar

Tadbirlar

Yashil hududlarda Yoshlar kubogi musobaqalari bo'lib o'tmoqda

Yangier shahar bolalar-o'smirlar sport maktabi hamda viloyat futbol mahorat maktabi sport inshootlarida Yoshlar kubogi musobaqalari tashkil etildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrug'iga ko'ra bugun yurtimizning «yashil» hududlarida «Yoshlar oyligi» doirasida sportning stol tennisi, mini futbol, voleybol, badminton turlari bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda viloyatlar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari tomonidan yoshlar o'rtasida ommaviy sport musobaqalari o'tkazilmoqda.

Jumladan, mazkur buyruqning ijrosini taminlash maqsadida Sirdaryo viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan «yashil» hududda joylashgan Yangier shahar bolalar-o'smirlar sport maktabi hamda viloyat futbol mahorat maktabi sport inshootlarida «Yoshlar kubogi» musobaqalari tashkil etildi.

Mazkur sport tadbiri karantin qoidalariga asosan ochiq sport maydonlarida ijtimoiy masofani saqlagan holda tashrif buyuruvchilarning sonini cheklash shartlari asosida o'tkazildi. «Yoshlar kubogi» musobaqalariga 100 nafardan ortiq yoshlar qamrab olindi. Musobaqalar yakunida g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing