12 jan 09:56
Yangiliklar
Yaxshi xabar! Bogdan Guskov UFS 311 turniri kardida qoldi, unga yangi raqib berildi
Xabaringiz bor, UFC 311 turniri doirasida hamyurtimiz Bogdan Guskov ham jang o'tkazishi kerak edi. Ammo, jangga bir hafta qolgan bir paytda 32 yoshli aralash yakkakurash ustamizning raqibi, ham jamoadoshi braziliyalik Jonni Uoker jarohat sabab safdan chiqqandi.
UFC matchmeykerlari jangga qisqa fursat qolganiga qaramay, Bogdan Guskovga yangi raqib topib berishdi. Endi angrenlik yurtdoshimiz UFC 311 turnirida amerikalik 29 yoshli Billi Elekanga qarshi oktagonga chiqadi. Billi MMAda 8 g'alaba (4 tasi nokaut), 1 durang va 1 mag'lubiyat qayd etgan. Elekan so'nggi jangini o'tgan yilning iyul oyida Lights Out Xtreme Fighting turniri doirasida Jurill Simmonsga qarshi o'tkazib, raqibini birinchi raundning o'zida texnik nokautga uchratgandi. Bogdanga qarshi jang u uchun UFC promoushenidagi debyut bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Bogdan Guskov UFC Vegas 91 turnirida amerikalik Rayan Spennni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratib, kichik shov-shuv sababchisiga aylangandi. Bu Guskovning MMAdagi 16-g'alabasi bo'lgandi. SHuningdek, uning hisobida 3 ta mag'lubiyat ham bor.
Fikrlar