So’nggi yangiliklar

22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0

21 noy 17:34
Yangiliklar

Boks/MMA

Yaxshi xabar: Mayk Tayson - Roy Jons jangi O'zbekistonda jonli efirda namoyish etiladi

Teglar :  Roy JonsMayk Tayson
29 noyabr kuni Kaliforniyada boks afsonalari Mayk Tayson va Roy Jons o'rtasidagi jang bo'lib o'tadi.

Jangga bo'lgan katta qiziqish va tomoshabinlarning murojaatlarini inobatga olgan holda "UZREPORT TV" ushbu to'qnashuvni O'zbekistonda translyaciya qilish uchun eksklyuziv huquqlarni qo'lga kiritdi.

Jonli efir Toshkent vaqti bilan ertalabki soat 07:00da boshlanishi rejalashtirilgan.

Musobaqani takroran 29 va 30 noyabr kunlari soat 21:00da  "UZREPORT TV"da ko'rish mumkin bo'ladi.

Mayk Tayson 2005 yildan beri jang o'tkazmayotganini takidlab o'tish zarur. Uning hisobida 58 ta jang bor, shulardan 50 tasida g'alaba qozongan. Jons so'nggi marta ringga 2018 yilda chiqqan edi. Faoliyati davomida u 66 ta g'alabaga erishgan (47 nokaut bilan), to'qqizta jangda mag'lub bo'lgan.

Malum qilinishicha, jang g'olibi Jahon boks kengashining (WBC) "Frontline Battle Belt" deb nomlangan maxsus kamariga ega bo'ladi.

Avvalroq, matbuot anjumani paytida 54 yoshli Tayson muxlislarni «haqiqiy jang» o'tkazishiga ishontirgandi. Jons ham bo'lajak raqibining so'zlarini qo'llab-quvvatladi. «Agar haqiqiy jang bo'lishiga ishonmayotgan bo'lsangiz, demak siz boksni tushunmaysiz. Maykga qarshi ko'rgazmali jangga kim ham chiqardi? Biz shlemsiz jang qilamiz. Ko'rgazmali jang? Yo'q, barchasi real bo'ladi», - deya qo'shimcha qildi Roy Jons.

Jang kuni boks muxlislariga yorqin hissiyotlar va yaxshi kayfiyat tilaymiz!

Reyting: +5   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing