12 mar 10:09
Yangiliklar
Boks/MMA
Yaxshi yangilik! Hasanboy Do'smatov WBA vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang qiladi
17-19 aprel kuni Qirg'iz Respublikasining Bishkek shahrida Saikoulush Boxing promouterlik kompaniyasi tomonidan prof boks oqshomi o'tkaziladi.
Biz uchun ahamiyatlisi, musobaqa doirasida o'zbekistonlik ikki karra Olimpiya o'yinlari g'olibi Hasanboy Do'smatov ringga ko'tariladi. Unga o'sha kuni puerto-rikolik Jonatan Gonsales raqiblik qiladi.
Etiborlisi, jang o'ta engil vazn toifasida WBA yo'nalishi bo'yicha vaqtinchalik chempionlik kamari (Interim) uchun o'tkaziladi. Gonsales kamarning amaldagi sohibi hisoblanadi. Do'smatov esa WBA reytingida oltinchi o'rinni egallab turibdi.
Malumot uchun, Hasanboy Do'smatov prof faoliyati davomida hozirgacha 7 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. Jonatan Gonsales hisobida esa 29 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat mavjud.

Havola :
Manba : x.com/JalolAkhmedov
Fikrlar