So’nggi yangiliklar

20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасида 6-турида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди ва бошқа натижалар 1 18:18Осиё ўйинлари. Мусобақанинг учинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:02Месси "жарималар қироли" бўлишига уч қадам қолди 0 17:30Осиё ўйинларининг иккинчи кунида битта олтин ва битта бронза! 0 13:37Шахматчиларимизнинг олтинчи раунддаги рақиблари анчайин жиддий! 0 12:31Маҳмуд Мурадов Роман Долидзедан учралган мағлубиятни изоҳлади (ВИДЕО) 0 11:11Швейцария. Беҳруз Каримов голли пас берди, "Лугано" йирик ғалабани тантана қилди 0 10:47Осиё ўйинларида иштирок этувчи теннисчиларимиз орасида Камилла, Мария ва Полина йўқ! Нега? 0 09:43Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 6-тур жуфтликлари билан танишинг 0 08:54Чирчиқда ўзбек жанг санъати бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:21ХХ Осиё ўйинлари. Икки ММАчимиз финалда! 0 07:34XX Осиё ўйинлари. Биринчи кундан кейин Хитой яққол пешқадам, Қозоғистон илк кундаёқ 6 та медаль қўлга киритди 0 07:03"11 киши 9 кишига қарши ўйнаганини тасаввур қилиб кўринг". Моуринью — "Реал"нинг "Атлетико"га қарши ўйини ҳақида 0 20:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Венгрия йирик ҳисобда мағлуб этилди, қизларимиз АҚШ билан муҳим дуранг қайд этишди 0 20:45Осиё ўйинлари. Мусобақанинг иккинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0

27 dek 14:38
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Yil jangchisi, nokauti, voqeasi va boshqalar: Yil davomida MMAda bo'lib o'tgan eng muhim voqealar!

2019 yil MMA sporti uchun unutilmas bo'ldi: Qiziqarli janglar, kutilmagan mag'lubiyatlar va ko'plab qiziqarli voqealar.

Yil jangchisi: Xorxe Masvidal

Davogarlar: Jon Jons, Kamaru Usman, Stipe Miochich, Petr Yan.

2019 yilga kelibgina butun MMA dunyosi Xorxe Masvidal aslida qanday kuchga ega ekanligini bilib oldi: U haqiqiqy kuch, u besh soniyada mag'lubiyat nimaligini bilmagan Ben Askrenni nokaut qildi. Aynan u «BMF» kamari sohibi bo'ldi. SHuningdek, u Konor yoki Meyvezer bilan jang qilishga tayyor kam sonli jangchilardan biri. Xorxe oldin kuchli jangchilar qatoriga kirmagan.

 Masvidaldan tashqari bu yil Stipe Miochich, Jon Jons, Kamaru Usman, Petr Yan kabi sportchilar ham ajoyib janglarda ishtirok etishdi, lekin hech kim Xorxe singari qiziqarli va yorqinroq jang qilmadi deb o'ylayman.


Yil jangi: Marat Balaev — Salman Jamaldaev

Davogarlar: Stipe Miochich – Daniel Korme-2, Xorxe Masvidal – Neyt Dias

Ko'pchilikka g'alati ko'rinishi mumkin. Lekin, aynan Marat va Salman jangi yilning eng yaxshi to'qnashuvi bo'ldi. Jang ACA 93 kechasida bo'lib o'tdi. O'n yil qamoqxonada bo'lgan Marat tashkilot chempioniga qarshi super jang o'tkazdi. Jangning o'rtasiga kelganda Balaev oyog'ini sindirib oldi, barcha joylaridan qon oqdi, lekin u chekinmadi. Oxirgacha bordi. 

SHuningdek, yilning yana bir qiziqarli janglaridan biri Stipe Miochich – Daniel Korme o'rtasida bo'lib o'tgan revansh bo'ldi. Korme uch raund davomida raqibini mag'lub etayotgan edi, lekin kutilmaganda kuchli zarba o'tkazib yuborishi natijasida nokautga uchradi.

Yil voqeasi: UFC 244

Davogarlar: UFC 242, UFC 245, BKFC

UFCning bu yilgi barcha saralangan turnirlari yuqori darajada o'tdi. UFCning raqamli turnirlarida albatta chempionlik janglari bo'ladi, lekin UFC 244 turnirida Xorxe Masvidal – Neyt Dias uchun maxsus BMF kamari tayyorlandi.

 Bu turnir tashkilotni har tamonlama mashhur qildi. Aynan shu bahs sabab Kanelo - Kovalev jangi bir necha soat ortga surildi. Aynan shu kuni MMA boksni mag'lub etgan kun bo'ldi.

Yil davomida tashkilot har tomonlama o'sdi. Qo'lqopsiz janglarda ham bir nechta qiziqarli janglar bo'ldi. Bu turnirda sobiq UFC chempionlaridan tortib, sobiq jahon chempionlari ham ishtirok etdi.

Yil nokauti: Xorxe Masvidal

Davogarlar: Josh Emmett, Fransis Ngannu, Jairzino Rozenstruyk, Rayan Beyder.

Hammasi oddiy: Masvidalning raqibi Ben Askren tashkilotga kelishidan avval mag'lub bo'lmagandi. U UFCda ham barchani mag'lub etishga va kamarga ega chiqishga vada berdi. Ammo... Bunday istaklarini Xorxe besh soniyada barbod qildi. Jang boshlandi va Ben Masvidalning tizzasiga borib urildi. Besh soniya.. va UFC tarixidagi eng tezkor nokaut. 

MMA olamida bu yil ko'plab ajoyib nokautlar bo'ldi. Ngannu bu yil ikki UFC afsonalari Keyn Velaskes va Junior Dos Santosni er tishlatdi. Bender esa MMA afsonasi Fedor Emelyanenkoni «uxlatdi».

Yana bir ajoyib nokaut sohibi Jairzino Rozenstruyk. Aynan u Alister Overiumni jang yakuniga etti soniya qolganda chuqur nokaut holatiga tushirdi. SHunchaki daxshat nokautlar...

Yil raundi: Xabib – Pore (3 raund)

Yil raundini uzoqdan qidirishning hojati yo'q. Xabib va Pore o'rtasida bo'lib o'tgan jangning uchinchi raundi haqiqatdan ham super bo'ldi. Dastin ikki raundni boy berganidan so'ng, uchinchi raundda ancha yaxshi harakat qilishni boshladi. Zarba ketidan zarbalar yo'lladi. Lekin... Xabib tezda o'ziga keldi va o'zi yoqtirganidek raqibini yotqizdi va bo'g'di.

 Qolgani nima bo'lgani esa barchaga malum. Xabib faoliyatidagi 28-g'alabasini qo'lga kiritdi.

Yil sensaciyasi: Veyli CHjan

Davogarlar: Aleksandr Emelyanenko, Jairzino Rozenstruyk, Aleks Volkanovski

Yilni super o'tkazgan Rozenstruyk og'ir vaznga bostirib kirdi va yil davomida to'rtta jangda ishtirok etib, barcha raqiblarini yanchib tashladi. Aynan u UFC afsonalari Andrey Orlovski va Alister Overimni nokaut qildi. UFCning 2019 yildagi so'nggi saralangan turnirida ham kutilmagan natija qayd etildi. 

Sobiq regbichi Aleksandr Volkanovski chempionlik jangida engil vazn qirollaridan biri Maks Xolloueyni mag'lub etdi. Lekin yilning haqiqiy sensaciyasi Xitoyda tashkil qilingan UFC oqshomida bo'ldi. Aynan shu kuni xitoyliklar ilk UFC chempionlariga ega bo'lishdi. Veyli CHjan! Aynan shu qiz Jessika Andradeni nokaut qildi va unga tegishli bo'lgan kamarni tortib oldi.

Yil qaytishi: Stipe Miochich

Davogarlar: Yurayya Feyber, Neyt Dias

Stipe Miochich 2018 yil kamaridan ayrildi. 2019 yilda esa qaytdi va Daniel Kormega qarshi revansh jangiga keldi. Jangning katta qismida Korme ustunlik qildi. Lekin... Maqolaning boshida takidlaganimizdek, Miochichning bittagina aniq “pushkasi” barchasini o'zgartirib yubordi. SHu tariqa bir yil avval yo'qotgan kamarini yana qaytarib oldi. SHuningdek, 2019 yil Neyt Dias uch yillik tanaffusdan so'ng ajoyib qaytish qildi.

Yil ayoli: Amanda Nunes

Davogar: Veyli CHjan

Veyli bu yil xitoyliklar uchun ilk UFC kamarini taqdim etdi, lekin u yil ayoli bo'lishi uchun bitta inson halal beradi — Amanda Nunes. Ikki vazn toifasida UFC chempioni Amanda kim bilan jang qilishidan qatiy nazar, raqiblarini yakson qildi. Nunes butun jang davomida raqiblarini bosimda ushlab turadi. U xohlasa raqibga jang qilish imkonini beradi, xohlamasa raqibini parterga tushirib, yosh bolani urgandek uradi. U haqiqiy kuch, Hozirgi vaqtdagi ayol jangchilar orasida nomer 1!

Sizningcha, yana kimlar bu ro'yxatdan joy olishlari mumkin?


Sports.ru sayti asosida Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing