31 dek 18:39
Yangiliklar
Boks/MMA

"Yil jangi"ga davogar beshta jang orasida so'rovnoma o'tkazilyapti
Rossiyaning championat.com internet nashri o'z o'quvchilari o'rtasida "Yilning eng yaxshi UFC jangi"ni aniqlash maqsadida so'rov o'tkazmoqda.
"Yil jangi" uchun beshta jang tanlab olingan bo'lib, ular orasida Xabib Nurmagomedov - Jastin Getji jangi yo'q. Aksincha, aynan Getji ishtirokidagi boshqa bir jang ayni paytda so'rovnomada katta farq bilan etakchilik qilmoqda. Jastinning Toni Fergyusonga qarshi o'tkazgan jangi 50 foizda ortiq ovoz to'plagan. So'rovnoma 9 yanvar kuni yakunlanadi.
"Yil jangi" so'rovnomasi:
1. Jastin Getji vs Toni Fergyuson — 50%
2. Dastin Pore vs Den Xuker — 19%
3. Veyli Jang vs Yoanna Enjeychik — 16%
4. Deyveson Figeredo vs Brendon Moreno — 14%
5. Visente Loke vs Niko Prays — 1%
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar