25 sen 11:13
Yangiliklar
"Yil jangi"ga davogar to'qnashuv! Adesanya - Kosta. Ikki engilmas, turli uslub, ikki xil xarakterli jangchilar + PREVYU
Kechaning markaziy jangida o'rta vazn chempioni Israel Adesanya davogar Paulo Kostaga qarshi oktagonga ko'tariladi. Har ikki jangchining birgalikdagi umumiy g'alabalari 32 tani tashkil qiladi, shundan 25 tasi muddatidan avval yakunlagan. Mag'lubiyat esa har ikkisida ham 0. Adesanyaning aqliy salohiyati ko'plab jangchilarnikidan ustun. Kosta esa raqiblarini bitta zarba bilan «uxlatib» qo'yadigan kuchga ega.
Adesanya rekord tezlikda UFC kamarini qo'lga kiritgan. Israel vaznni juda tez «tozalash»ga erishgan.
Israel Adesanya uzoq vaqt davomida kikboksing sport turida kuchlilar qatorida turgan. Uning bu sportdagi ko'rsatkichi 75-4ni tashkil qilgan, lekin asosiy maqsadi – chempionlikka erisha olmagan. Kikboksingdagi UFC hisoblanmish “Glory”da to'rtta jang o'tkazib, ikkitadan g'alaba va mag'lubiyat qayd etgan. Qizig'i, barcha janglar g'olibi hakamlar qaroriga ko'ra aniqlagan, xususan imkoniyatni boy berib qo'ygan chempionlik jangi ham.
Asli nigeriyalik bo'lgan MMA yulduzi “Glory”da faoliyat olib borayotgan vaqtida MMA janglarida ham ishtirok etgan va o'sha vaqtda uning rekordi 9-0 edi. 2017 yilda Israel ikkita raqibini mag'lub etdi va MMAning eng kuchli promousheni - UFC bilan shartnoma imzoladi. UFC'dagi dastlabki jangida nokaut bilan g'alaba qozonadi. SHundan so'ng yana to'rtta jangda g'olib bo'lgan Israel o'rta vaznda haqiqiy shovqin ko'taradi. 2019 yilning 5 oktyabr kuni esa o'sha vaqtdagi UFC chempioni Robert Uittakerga qarshi oktagonga ko'tarildi. Bu jangda Israel Adesanya kutilmaganda sakkiz yarim daqiqa ichida raqibini yanchib tashladi.
Israel Adesanya qaysi jihatlari bilan raqiblaridan kuchli?
IQ. Israel taktik jihatdan juda kuchli, u jang vaqtida uslubni tez o'zgartiradi va raqiblarini chalg'itadi.
Zarba texnikasi. Adesanya oyoqda va qo'lda bir xil kuchli zarba beradi. Uning uzun oyoqlari raqibni oldiga yaqinlashtirmaydi. SHuningdek, u aniq joyni poylamaydi. Qaerga kelib qolsa, o'sha erga zarba yo'llaydi.
Oktagonda hukmronlik. Israel Adesanya kim bilan jang qilishidan qatiy nazar oktagonni to'liq egallaydi. U qirollardek harakat qiladi.
Kosta UFC'ga raqibidan kechroq keldi va sekinlik bilan ochildi. Lekin Paulo qisqa fursatda muxlislarning yoqimtoyiga aylandi.
Kosta Israel kabi 2017 yilda UFC bilan shartnoma imzoladi. Uning ham UFC'ga kelgunga qadar rekordi 9-0 edi. 2017 yilning martida ilk raqibini nokaut qildi, keyingilarini iyun va noyabr oyida mag'lub etdi. Barcha jangda nokaut! 2018 yilning iyun oyida esa faoliyatida biroz to'xtash bo'ldi. CHunki USADA Kostani taqiqlangan modda qabul qilganlikda aybladi. Lekin doimgidek sportchi bu xabarlarni inkor etdi.
Braziliyalik jangchi 84 kg vaznda oktagonga ko'tariladi, lekin oddiy hayotdagi vazni doimiy ravishda 100 kgdan og'ir bo'ladi. U ilk bor 2019 yilning avgust oyida to'liq jang o'tkazdi. Yoel Romeroga qarshi jangda hakamlarning qarori bilan g'oliblikni qo'lga kiritdi. Qizig'i, vazn o'lchash marosimida Kosta 84 kg vazn ko'rsatgan, ertasi kuni bo'lib o'tgan jangga esa Paulo 97 kg vaznda chiqqan. U bir kun ichida 13 kg vazn olgan.
Paulo Kosta qaysi jihatlari bilan raqiblaridan kuchli?
Zarba: Uning asosiy kuchi — dahshatli zarbalarida. Bitta aniq zarba uchrashuv taqdirini hal qiladi. Uni boksdagi Deontey Uaylder bilan qiyoslash mumkin. CHunki har ikkisi ham bitta aniq zarba bilan uchrashuv taqdirini hal qiladi.
Agressiya: U doim raqiblari tomon boradi. Har qanday holatda ham qochmaydi va raqiblari ustiga bostirib boradi.
O'rta vazn uchun yirikligi: Avvalroq takidlanganidek, Kosta vazn o'lchash marosimidan so'ng juda tez vazn to'playdi va gavda jihatdan raqiblaridan ancha katta ko'rinadi.
Jangning qiziq bo'lishga asosiy sabab: Har ikkisi ham bir-biridan nafratlanadi!
Ikki xil uslubdagi jangchilarining o'zaro aloqari juda ham havas qiladigan darajada emas. Har ikkisi ham til boyliklaridan foydalangan holda bir-biri tomon «tosh» otishni yoqtiradi.
Ular o'rtasida kechgan suhbatdan:
- Kosta: «Hoy qiltiriq chempion, bugun seni g'alaba qozonishingni istayman. CHunki sen yutadigan bo'lsang, navbatdagi raqibing men bo'laman. Keyin esa men seni o'ldiraman».
- Adesanya: “U janglarni sotadi. U arzon fohisha. Men unga qarshi chiqaman va Kosta «o'ynash»ga aylanadi”.
Hozir yozib qoldirilgan «mehrli» fikrlar eng oddiysi hisoblanadi. SHu haftada har ikki jangchi ham mehmonxonada uchrashib qolishdi, biroq barchasiga yaxshilik bilan yakun yasaldi. CHunki har ikkisi ham kuchini UFC 253 kechasida ko'rsatishlarini malum qilishdi. SHunday ekan 27 oktyabr kuni UFC'da navbatdagi qiziqarli janglardan biri bo'lishi aniq.
sports.ru sayti asosida Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi
Fikrlar