So’nggi yangiliklar

13:46XX Осиё ўйинларида иштирок этадиган дзюдочиларимиз таркиби тасдиқланди 0 13:15Расман! Наманганда ўтказиладиган Octagon 92 турнирининг марказий жанги эълон қилинди (ВИДЕО) 0 12:44Одилхон Бухорода бўлиб ўтган ATFС 33 турнирида жанг қилди (ВИДЕО) 0 12:13Мануэль Нойер Германия футболчилари орасида рекорд ўрнатди 0 11:42Теренс Кроуфорд рингга қайтяптими? 0 11:11US Open 2026. Аёллар ўртасидаги турнирда финалчилар аниқланди 0 10:40Ислам Махачев: "UFC`дан қўнғироқ кутяпман" 0 10:09ЕЧЛ. "Шахтёр" ПСВ билан, "Фенербахче" эса "Рома" билан дуранг ўйнади + ВИДЕО 0 09:38Super Rizin 5 натижалари: Шайдуллаев Rizin ва PFL чемпионлик камарларини бирлаштирди 0 09:07Синдаров Непомняшийни мағлуб этди, Бибисарада ҳам ғалаба. Жамоа пешқадам! Бугун Жавоҳир - Магнус тўқнашуви бор! 0 08:36Бугун Hungary Grand Slam 2026 турнири бошланади. Биринчи кун уч дзюдочимиз татамига чиқади 0 08:05ЕЧЛ. "Манчестер Юнайтед" "Сабаҳ"ни тор-мор этди, Раҳмоналиев "Олд Траффорд"да ўйнади 0 07:34Юнон-рум курашчиларимиз Осиё ўйинларида оптимал таркибда қатнашишади 0 07:03UFC Қирғизистонда турнир ўтказишга қизиқяптими? 0 21:00Эркин курашчиларимизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби маълум! Рўйхатда Разамбек борми? 0

01 dek 15:09
Yangiliklar

Sport kurashlari, Boks/MMA, Kurash, Gimnastika, Tennis, Qilichbozlik, Velosport, O'q otish, Dzyudo, Engil atletika, Og'ir atletika, Taekvondo, Eshkak eshish, Boshqalar, Tadbirlar, SHaxmat, Futbol, Bolalar sporti, Voleybol, Gandbol, Karate, Kikboksing, Muaytay, Ot Sporti, Regbi, Stol tennisi, Formula-1, Tokio-2020

Yilning eng yaxshilari aniqlanadi!

Yil oxirlab bormoqda. Sport mavsumi ham tobora poyoniga etyapti. Bunday paytda aksariyat hollarda taftish va hisobot qilish uchun imkon paydo bo'ladi. Hali xulosa qilish uchun fursat bor. Ammo men aytadigan so'z esa ayni mavridi...

Futbol bo'yicha O'zbekiston chempionati yakuniga etdi. G'olib va sovrindorlar aniq bo'lib ulgurdi. Terma jamoalarimiz uchun futbol mavsumi qanday yakuniga etganini o'zingiz yaxshi bilasiz.

Har bir yutuqni bittalab sanab o'tirmasdan, Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o'tgan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o'yinlarini eslab o'tish kifoya. Ularda olimpiyachilarimiz jami 13ta (4ta oltin, 2ta kumush, 7ta bronza), paralimpiyachilarimiz 31ta medalni (8 ta oltin, 6 ta kumush va 17 ta bronza) qo'lga kiritdi.
Azim Toshkent shahri qita miqyosidagi uchta musobaqaga mezbonlik qildi. Futzal, dzyudo va og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionati, boks bo'yicha Butunjahon boks seriyasining VI mavsumidan o'rin olgan navbatdagi jang­lar o'tkazildi. Oktyabr oyida dzyudo bo'yicha Gran-Pri turkumiga kiruvchi o'nta yirik turnirning navbatdagi bosqichi ketma-ket to'rtinchi bor tashkil etildi. Tennis bo'yicha ayollar o'rtasida “Tashkent open” va erkaklar o'rtasida “Toshkent chellenjer” musobaqalari yuksak suratda o'tkazildi. Har bir musobaqa tashkil etilishi jihatidan barcha xalqaro talablarga to'la javob beradi.

Yurtimizga xalqaro sport federaciyalari tashrifi davom etdi. Xalqaro og'ir atletika, dzyudo, boks, tennis, suzish, o'q otish kabi o'nlab federaciyalar rahbarlari mamlakatimizda sport sohasida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Ular yurtimizda sportga yaratib berilgan shart-sharoitlarni yuksak etirof etishdi.
Gap nimada? Odatdagidek, jurnalistlar o'rtasida sport mavsumini sarhisob qilish uchun fursat etib keldi. Yilning eng yaxshilarini aniqlashga etibor qaratish lozim. To'g'ri, bu yangilik emas. Doimiy ravishda o'tkazib kelinadigan so'rov. Bu yilgi so'rovga boshqacha nazar tashlashimiz kerak bo'ladi. CHunki bu yil mamlakatimiz Mustaqilligiga 25 yil to'ldi, sportda chorak asrlikni sarhisob qilsa arziydi. Birgina yilning eng yaxshi sportchisini aniqlab olish bu yil murakkab kechadi. Misol uchun, “Yilning eng yaxshi ayol sportchisi”ni aniqlashda Oksana CHusovitina (sport gimnastikasi, 7 bor olimpiada ishtirokchisi), Yodgoroy Mirzaeva (boks, ilk bor olimpiadaga yo'llanmani qo'lga kiritgan ayol bokschi), Gulnoza Matniyozova (ilk bor Gran-Pri turnirida g'olib chiqqan sportchi), Fotimaxon Amilova (suzish bo'yicha XV Paralimpiya o'yinlarining oltin, kumush va bronza medallari sohibi, jahon rekordchisi) kabi qizlarimiz etakchilikka davogarlik qila oladi.

Futzal, dzyudo va og'ir atletika bo'yicha o'tkazilgan Osiyo chempionatlari “Yilning eng yaxshi sport musobaqasi” nomiga munosib nomzod. “Eng yaxshi murabbiy”, “Eng yaxshi jamoa”, “Eng yaxshi federaciya”, “Eng yaxshi yosh yoki faxriy sportchi”, “Yil voqeligi”, “Yil kashfiyoti” kabi nominaciyalarga ham bir nechta nomlarni misol qilib keltirish mumkin.

Demak, bu yilgi so'rovga o'zgacha nazar bilan qarash kerak. Har holda bu borada keskin raqobat vujudga kelishi muqarrar. Eng munosib sportchi yoki murabbiy bu nomga sazovor bo'lmog'i lozim. Birgalikda zo'rlarni aniqlaymiz. Bo'sh kelmang, hurmatli hamkasblar!

Quyidagi nominaciyalar bo'yicha g'oliblarni aniqlaymiz:

1. “Yilning eng yaxshi erkak sportchisi”
2. “Yilning eng yaxshi ayol sportchisi”
3. "Yilning eng yaxshi erkak paralimpiyachisi"
4. "Yilning eng yaxshi ayol paralimpiyachisi"
5. “Yilning eng yaxshi federaciyasi”
6. “Yilning eng yaxshi jamoasi”
7. “Yilning eng yaxshi sport musobaqasi”
8. “Yilning eng yaxshi murabbiyi”
9. “Yilning eng yaxshi yosh sportchisi”
10. “Yilning eng yaxshi faxriy sportchisi”
11. “Yil voqeligi”
12. “Yil kashfiyoti”

So'rovnomada ishtirok etish istagini bildirgan hamkasblar uchtadan nomzodni sport.1932@mail.ru elektron pochtasiga joriy yilning 15 dekabrigacha jo'natishlari mumkin.

Fazliddin SATTOROV

“Sport” gazetasining 47-sonidan (2016 yil) olindi

Reyting:    

Fikrlar

   
02 dek 10:53:19
Utkur 0004
Yilning eng yakshi erkak sportchisi-Ruslan Nuriddinov,Hasanboy Do'stmatov,Odil Axmedov Yilning eng yakshi sport musobaqasi- futzal bo'yicha osiyo kubogi - Yil voqeasi 31ta paralimpiadachining 30ta medal olishi Yilning eng yaxshi murabbiyi boks bo'yicha terma jamoa mirabiyi, dzudo bo'yicha paralimpiyadachilar murabbiyi va futzal bo'yicha terma jamoa bosh murabbiyi ( balkin mendes o'zbekistonlin emas dur lekin bizni jahon chempionatiga olib chiqdi)
   
01 dek 15:35:36
Bek
1. “Йилнинг энг яхши эркак спортчиси” - Руслан Нуриддинов, Хасанбой Дўсматов
2. “Йилнинг энг яхши аёл спортчиси” - Оксана Чусовитина
3. "Йилнинг энг яхши эркак паралимпиячиси" - ?
4. "Йилнинг энг яхши аёл паралимпиячиси" - ?
5. “Йилнинг энг яхши федерацияси” - Бокс федерацияси
6. “Йилнинг энг яхши жамоаси” Бокс бўйича эркаклар терма жамоаси
7. “Йилнинг энг яхши спорт мусобақаси” - Оғир атлетика бўйича Осий чемпионати
8. “Йилнинг энг яхши мураббийи” - Рахматхон Рўзиохунов
9. “Йилнинг энг яхши ёш спортчиси” - Атхамжон Эргашев
10. “Йилнинг энг яхши фахрий спортчиси” - Оксана Чусовитина
11. “Йил воқелиги” - Олимпиада ўйинларида Ўзбекистон боксчиларининг 1-ўринни қўлга киритганлиги
12. “Йил кашфиёти” - Атхамжон Эргашев
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing