18 jan 12:40
Yangiliklar
Yilning ilk Gran-prisi oldidan Toshkentda yig'in boshlandi FOTOREPORTAJ
Xabaringiz bor, terma jamoamiz o'n kun davomida Avstriyaning Zalcburg Federal eriga qarashli Mitterzill shaharchasida joylashgan bazada mashg'ulot o'tkazgan edi. Ushbu xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inida yigirmadan ziyod davlatning mingdan ziyod dzyudochilari ishtirok etgan edi.
Kechadan esa mashg'ulotlar O'zbekiston dzyudo federaciyasi qoshidagi sport zaliga ko'chdi. Bosh murabbiy Ilias Iliadis yordamchilari bilan birga Isroilga yo'l oladigan tarkib dzyudochilarini murosasiz bellashuvlarga tayyorlayapti. Toshkentdagi yig'in 20 yanvarga qadar davom etadi.
Terma jamoamiz delegaciyasi mavsumning ilk IJF musobaqasi - Tel-Aviv Gran-prisiga 21 yanvar kuni jo'nab ketadi. Isroildagi bo'lajak turnir g'oliblari 700 reyting ochkosini qo'lga kiritadilar. Bu esa tobora qisqa fursat qolayotgan Tokio-2020 Olimpiadasi uchun qimmatli ballardir.
Fikrlar