So’nggi yangiliklar

14:40Курашни мактаб спорти тизимига интеграция қилиш масалалари муҳокама қилинди 0 14:19Макс Холлоуэй Махачев билан жанг ўтказишга тайёрлигини айтди 0 13:58"Навбаҳор" собиқ футболчиси қирғиз жамоасига ўтди 0 13:37Гимнастикачиларимиз Жаҳон кубоги босқичида қатнашишади 0 13:16Оқ уйдаги UFC турнири карди тайёр! 0 12:55Махачевнинг менежери Исламнинг мағлубияти йўқ UFC жангчисига қарши октагонга чиқишига муносабат билдирди 0 12:34Фабио Каннаваро нега айнан Атлантани танлади? 0 12:13Том Аспиналл қайтганини эълон қилди 0 11:52BNP Paribas Open. Раҳимова 1/32 финалга йўл олди. Энди уни дунёнинг тўртинчи ракеткаси кутмоқда! 0 11:31Mangu 2 турнирининг иккинчи жанги ҳам эълон қилинди + ПОСТЕР 0 11:10"Манчестер Сити" футболчиси кечаги учрашув ҳакамлигини танқид қилди 0 10:49Prague Masters. Абдусатторов пешқадамга қарши матч ўтказди 0 10:28Жастин Гэтжи Хабибга қарши жангидаги ҳақиқатни тан олди 0 10:07Ўсмирларимиз Cadet European Cup 2026 турнирига йўл олишди 0 09:46Суперлига. Бугун учта учрашув бўлиб ўтади 0

19 dek 17:56
Yangiliklar

Dzyudo

Yilning so'nggi "Masters" turniriga qura tashlandi

20-22 dekabr kunlari Isroilning Ierusalim shahrida dzyudo bo'yicha "Masters" seriyasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tadi.

Yilning so'nggi "Masters"ida dunyoning 5 qitasi 58 mamlakatidan jami 367 (194 erkak, 173 ayol) nafar dzyudochi musobaqa medallari hamda Parij-2024 Olimpiya o'yinlarining muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi. 

Ular qatorida O'zbekiston terma jamoasining 17 nafar azosi ham bahslarga kirishadi. -73 kg vazn toifasida bir yo'la 4 nafar dzyudochimiz - SHahram Ahadov, Obidxon Nomonov, Murodjon Yo'ldoshev va Hikmatulloh To'raev yurtimiz sharafini himoya qiladi. Biroz avval "Masters" musobaqasiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. 

Dzyudochilarimiz uchun qura natijalari:

-60 kg: Dilshodbek Baratov - Devid Pulkrabek (CHexiya)

-66 kg: Sardor Nurillaev - Xuan Postigos (Peru)

-66 kg: Muhriddin Tilovov - Alberto Martin Gaytero (Ispaniya)

-73 kg: SHahram Ahadov - Abdul Malik Umaev (Belgiya)

-73 kg: Obidxon Nomonov - Aleksandru Rayku (Ruminiya) 

-73 kg: Murodjon Yo'ldoshev - Benjamin Gaba (Franciya)/Igor Vandtke (Germaniya)

-73 kg: Hikmatulloh To'raev - Daniyar SHamshaev (Qozog'iston)

-81 kg: SHarofiddin Boltaboev - Dominik Ressel (Germaniya)

-90 kg: Davlat Bobonov - Didar Hamza (Qozog'iston)/Kristofer Kaljulayd (Estoniya)


-100 kg: Muzaffarbek To'raboev - Onise Saneblidze (Gruziya)


-100 kg: Otabek To'raboev - Kayl Reyes (Kanada)


+100 kg: Alisher Yusupov - Kristian Konoval (AQSH)/Martti Puumalaynen (Finlyandiya)


+100 kg: SHohruhxon Baxtiyorov - Eney Marinik (Sloveniya) 


Ayollar


-52 kg: Sita Kadamboev - Anjelika Delgado (AQSH) 


-52 kg: Diyora Keldiyorova - Faben Kocher (SHveycariya)/Yerin Jang (J.Koreya) 


-70 kg: Gulnoza Matniyazova - Elizavet Telcidou (Greciya)


-70 kg: SHohista Nazarova - Mari-Eva Gaxi (Franciya)   


O'zbekiston dzyudo federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing