20 fev 10:42
Yangiliklar
Boks/MMA
Yoel Romero sevimli besh jangchisi safiga ikki rossiyalikni ham qo'shdi
UFC chempionligiga sobiq davogar Yoel Romero o'zining sevimli besh nafar aralash yakkakurash (MMA) jangchisini sanab berdi.
"Men Jon Jons, Fyodor Emelyanenko, Jorj Sen-Per, Anderson Silva va Xabib Nurmagomedovni juda hurmat qilaman. Aynan shu beshlik mening tanlovim", - dedi Romero.
Malumot uchun, Yoel Romero aralash yakkakurashlardagi faoliyati davomida 23 ta jang o'tkazib, 16 g'alaba va 7 mag'lubiyat qayd etgan.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar