05 dek 15:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Yoel Romero UFC`ni tark etdi
UFC`ning mashhur jangchisi 43 yoshli Yoel Romero promoushen bilan shartnomasini bekor qildi.
Bu xabarni jangchining menejeri ham tasdiqladi. Aslida Yoel Romeroning shartnomasida yana 3 ta jang bor edi. Yoelning menejeri so'zlariga ko'ra hozirda mijozi boshqa promoushen bilan muzokara olib bormoqda.
Eslatib o'tamiz, Yoel Romero UFC`da 13 ta jang o'tkazib, shulardan 9 tasida g'alaba qozongan. Kubalik jangchi so'nggi jangida amaldagi chempion Israel Adesanyaga imkoniyatni boy bergan edi.
Havola :
Fikrlar