So’nggi yangiliklar

13:04Суперлига. Бугун 20-тур якунланади 0 12:43Юнон-рум курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлди 0 12:22Гандбол. Тошкент мезбонлик қилаётган U-20 Осиё чемпионатида гуруҳдаги вазият қандай? (+жадвал) 0 12:01Ислам Махачев Хамзат Чимаев билан эҳтимолий жанг ҳақидаги саволга жавоб берди 0 11:40"Интер" "Ланс" ярим ҳимоячисини сотиб олди 0 11:19Бугун Хитойда навбатдаги UFC турнири ўтказилади (тўлиқ кард) 0 10:58Sinquefield Cup 2025. Нодирбек Абдусатторов очко олди 0 10:37Дунёнинг биринчи ракеткаси Олимпиада-2026 машъаласини ёқиши мумкин 0 10:16"Манчестер Сити"нинг яна бир ҳимоячи жамоани тарк этиши мумкин 0 09:55Ислам Махачев Маддаленага қарши жанг режаси ва тактикасини ошкор қилди 0 09:34Умар Нурмагомедов рақамланган турнирда жанг қилади 0 09:13Ўзбекистон U-16 Бутунжаҳон Олимпиадаси вице-чемпиони! 0 08:52ЖЧ-2026`га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум! 0 08:31Менежер Биволнинг кейинги жанги санаси ҳақида гапирди 0 18:34Иман Хелиф фаолиятини якунлагани ҳақидаги хабарларни рад этди 0

21 noy 19:18
Yangiliklar

Boks/MMA

Yo'g'e?! Dana Uayt 86 soat faqat suv bilan yashadi. Uning tanasidagi o'zgarishni ko'rib aqldan ozasiz... (+FOTO)

UFC prezidenti Dana Uayt 54 yoshida o'z tanasini yaxshi holatda saqlab qolish uchun ko'plab tajribalarni sinab ko'rmoqda.

Ilgari u anchagina semirib ketgan edi, so'nggi 10 yilda o'z ustida keng ko'lamli ishlarni boshidan o'tkazdi. Bu borada Dana bioxakerlarga murojaat qildi. SHundan so'ng uning uyqusi normallashdi, vazn tashlay boshladi va dietaga ham o'tdi. Uaytning bugungi kundagi tajribasi suv dieatasidir: “Men 86 soat faqat suv ichdim va hozir o'zimni ajoyib his qilyapman. Men shifokor emasman, biroq mutaxassislar bu saraton, Altsgeymer va boshqa ko'plab kasalliklar xavfini kamaytirishini aytishdi”, deydi qahramonimiz. 



Ayni dam Dana o'zini superqahramonlardek his qilmoqda. U 12 noyabr kuni Nyu-Yorkda bo'lib o'tgan UFC 295 turniridan so'ng dietani boshladi va dastlabki tafsilotlari bilan o'rtoqlashdi: 

“Birinchi 24 soatda siz faqat suv ichasiz va suvdagi elektrolitlardan foydalanishingiz mumkin. Ertasi kuni sotib olishingiz mumkin bo'lgan yagona narsa bu – bulyon. Unda atigi 45 kaloriya, bir grammdan kam uglevod va taxminan 13 protein mavjud. Bu Gari Brek tomonidan maqullangan (Dananing o'zgarishiga sababchi bo'layotgan bioxaker). Siz uni istalgan joydan xarid qilishingiz mumkin. Keyingi ikki kunda ushbu ishni ikki marta bajaring. Elektrolitlar bilan suv ichasiz, shu bilan birga suyak bulyonini ham ichishingiz mumkin bo'ladi. Ana undan keyin o'zingizni yaxshi his qilasiz. Buning tasirida tanadagi ichki va tashqi tasirlar, shubxasiz, hayratlanarli bo'ladi”. 

 

“Suv dietasi” – vaqti-vaqti bilan ro'za tutishning bir turi hisoblanadi. Unda odam malum vaqt davomida (odatda 16 soat, bazan bir yo ikki kun) ovqat eyishdan tiyiladi. Oziq-ovqatsiz 4 kunlik ro'za tutish haqidagi hikoya intervalgacha ro'za tutishning juda ekstremal versiyasidir. 24 soatdan oshiq ovqatsiz yashashdan keyin autofagiya, yani “hujayralarning o'z-o'zidan xazm bo'lishi” jarayoni boshlanishi haqida ko'plab bioxakerlar takidlab o'tgan. SHunday qilib, Altsgeymer va Parkinson kasalliklari, otoimmun va onkologik kasalliklar, diabetes mellitus, yurak-qon tomir va boshqa ko'plab kasalliklarning rivojlanishi autofagiya buzulishi bilan bog'liq.  


Autofagiya nazariyasi, ayniqsa 2016 yilda yapon olimi Yoshinori Oxsumi autofagiyani o'rganib,  “Nobel” mukofotini olganidan keyin mashhur bo'ldi. Tadqiqot davomida u xamirturush hujayralarini va ularning turli vaziyatlardagi “xulq-atvori”ni o'rgandi. Oxsumining tadqiqotlari shuni ko'rsatdiki, agar autofagiya samarali bo'lsa, organzim sekinroq qariydi, ammo muvaffaqiyatsizliklar yuzaga kelsa, hujayralar o'zini yomonroq his qiladi. Malum bo'lishicha, ovqatlanishsiz hujayralar autofagiyaning tezroq boshlanishiga olib keladi. 

Biroq odamlar uchun ushbu kasallik kashfiyoti amaliy foyda keltirmaydi, chunki ko'plab tadqiqotlar ro'za tutishning salomatlik uchun ahamiyatini tasdiqlamadi. Osumining o'zi shunday deydi: “Men hech qachon ro'za tutish autofagiya jarayonini rag'batlantiradi, deb davo qilmaganman”. Qayd etish lozimki, olim odamlardagi emas, balki xamirturushdagi autofagiyani o'rgangan. Yoshinorining kashfiyoti dori vositalari va yangi davolash usullarini ishlab chiquvchi olimlar uchun muhim, lekin oddiy odamlar uchun emas. 

Bunday amaliyotlar odatda sog'liq uchun xavfli bo'lishi mumkin. SHunday ekan, bazi odamlarda ovqatlanish orasidagi uzoq vaqt tufayli semizlik va diabetga moyillik kuchayadi, organizm stressni boshdan kechiradi, etarli miqdorda ozuqa ola olmaydi, vitaminlar, minerallar va boshqa oziq moddalar etishmasligi rivojlanishi mumkin. Hozirgacha olimlar muntazam jismoniy faoliyat bilan bir qatorda muvozanatli va xilma-xil ovqatlanishdan ko'ra, samaraliroq narsalarni o'ylab topishmoqda, ammo ko'pchilik uchun bu ro'za tutish, barcha turdagi parhez qo'shimchalarini yoki boshqa ekzotik “davolash” usullarini qabul qilish kabi qiziq emas.

Xorij sayti asosida Xabib Jo'raboev tayyorladi


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing