12 noy 21:31
Yangiliklar
Og'ir atletika
SHarofiddin Amriddinov Islom birdamligi o'yinlarini bronza medali bilan yakunladi
Saudiya Arabistonida davom etayotgan VI Islom birdamligi o'yinlari doirasida og'ir atletika bo'yicha bellashuvlar nihoyasiga etdi.
Musobaqaning +110 kg vazn toifasidagi bahslarida qatnashgan O'zbekiston terma jamoasi azosi SHarofiddin Amriddinov bronza medalini qo'lga kiritdi.
U dast ko'tarish mashqlarida 188 kg natija qayd etdi va bu orqali bronza medaliga ega chiqdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar