26 mar 17:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Yo'g'e?! Jon Jonsga 50 million dollarlik jang taklif qilindi
UFC og'ir vazn chempioniga MMA tarixida misli ko'rilmagan - 50 million dollarlik gonorar taklif qilindi.
PFL ligasi rahbari Donn Devisning aytishicha, Jons Frensis Ngannuga qarshi jang orqali shuncha pul ishlab olishi mumkin.
"Jon Jonsning 50 million dollar ishlab topishining yagona yo'li bor — u Frensis Ngannu bilan jang qilishi kerak. Bu haqiqiy og'ir vazn chempioni va vazndan qati nazar eng kuchli jangchini aniqlab beradigan jang bo'ladi. MMA muxlislari uchun bu asr jangi bo'lar edi", — deb yozdi Devis o'zining ijtimoiy tarmog'ida.
Havola :
Manba : Fight Time
Fikrlar