So’nggi yangiliklar

12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0

23 iyu 20:15
Yangiliklar

Boks/MMA

Yon qo'shnilarimiz Olimpiadada kamida 2ta oltin medal olishmoqchi

Boks bo'yicha Qozog'iston terma jamoasi Rio-de-Janeyroda o'tadigan Yozgi olimpiya o'yinlarida ikkita oltin medalni qo'lga kiritishni maqsad qilgan.

Bu haqda terma jamoa bosh murabbiyi Mirzagali Aytjanov intervyu berdi.

- Hozirda biz asosiy tayyorgarlik mashg'ulotlarini Almatidagi boks  Akademiyasida, o'rta tog'lik hududda olib boryapmiz. Asosiy etibor umum jismoniy va funkcional tayyorgarlikka qaratilgan. Yig'inimiz 21 kun davom etadi. Mashg'ulotlarda 35 nafar terma jamoa azolari ishtirok etmoqda. Ular orasida ikkinchi va uchinchi raqamli bokschilarimiz ham bor, -dedi M. Aytjanov.

Bosh murabbiyning so'zlariga qaraganda, ushbu yig'indan so'ng terma jamoa bir hafta davomida dam oladi. So'nggi yig'in 11-27 iyul kunlari Astana shahridagi Boksni rivojlantirish markazida o'tkaziladi.

- Unda biz texnik va taktik tayyorgarlikka etibor qaratib, sinov janglari o'tkazamiz. Biz hozir olimpiya o'yinlaridagi asosiy raqiblarimizning janglarini ko'rib, ularning “plyus” va “minus”lari haqida xulosa chiqaryapmiz. Sportchilarni ruhan tayyorlayapmiz. Maqsadimiz – ikkita oltin medalni qo'lga kiritish, biroq kimlar bunga asosiy davogar ekanini hozir aytmayman. Negaki, kutilmagan vaziyatlar sodir bo'lishi mumkin. SHubhasiz, hech kim bizga shunchaki medalni tortiq etmaydi. Barcha o'n nafar bokschimiz ham g'alabaga munosib. Maksimum vazifamiz 4-5ta medalni qo'lga kirtish, -deya qo'shimcha qildi Mirzagali Aytjanov. 

Malumot uchun, boks bo'yicha Qozog'itson erkaklar terma jamoasining 10 nafar azosi olimpiya o'yinlari licenziyasiga ega. Ular: Birjan Jakipov (49 kg), Oljas Sattibaev (52 kg), Qayrat Eraliev (56 kg), Berik Abdrahmonov (60 kg), Daniyar Eleusinov (64 kg), Vasiliy Levit (91 kg), Abilayxan Jusupov (64 kg), Janibek Alimxanuli (75 kg), Adilbek Niyazimbetov (81 kg) hamda  Ivan Dichko (+91 kg).


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing