20 fev 14:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Yosh bokschilarimiz Komsomolskdagi musobaqani 6 ta medal bilan yakunlashdi
Rossiya Federaciyasining Komsomolsk shahrida boks bo'yicha yoshlar o'rtasida Afg'on urushi qurbonlari xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir yakunlandi.
Ushbu musobaqada o'zbekistonlik bokschilardan tashqari, Rossiya, Afg'oniston, Moldova, Polsha, Belarus va Ukraina terma jamoalari vakillari ham ishtirok etishdi.
Bugun musobaqaning final janglari o'tkazildi. Turnir yakuniga ko'ra, uch nafar bokschimiz shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi.
Bahslarda quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo'lishdi:
Oltin:
-52 kg: Mirkomil Saidoxunov
-91 kg: Nusratjon Tohirov
+91 kg: Ali Nuranov
Kumush:
-64 kg: Bekzod Bekmurodov
Bronza:
-69 kg: Samandar Solijonov
-81 kg: Sardor Rahmonberdiev
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar