24 may 15:51
Yangiliklar
Yosh dzyudochilarimiz Piterdagi nufuzli musobaqadan medallar bilan qaytishyapti
Rossiya Federaciyasida xizmat ko'rsatgan murabbiy Anatoliy Raxlin xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan ushbu ananaviy musobaqa bundan bir necha daqiqa avval yakuniga etdi.
Turnir 2005-2007 yillarda tavallud topgan o'smir va qizlar o'rtasida o'tkazilib, unda O'lmas Gulliev, Rustam Farhodov va Tohir Fayziev murabbiyligidagi o'zbekistonlik yosh dzyudochilar ham o'z mahoratlarini namoyish etishdi.
Piterdagi "Yubileynyy" sport saroyi mezbonlik qilgan musobaqada o'g'il bolalar -35, -38, -42, -46, -50, -55, -60, -66, +66 kg., qizlar esa -37, -40, -44, -48, -52, -57 hamda +57 kg. vazn toifalarida tatamiga chiqishdi.
Quvonarlisi, hamyurtlarimizdan ikki nafari sovrindorlar safidan joy oldi. -35 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Zafarbek O'ktamov hamda -38 kg vazndagi vakilimiz Inoyatullo Telmonov finalga qadar mag'lubiyatsiz etib borib, kumush medalga sazovor bo'lishdi.
Fikrlar