21 iyu 08:02
Yangiliklar
Dzyudo

Yosh dzyudochilarimiz Qirg'izistondagi turnirdan medallar bilan qaytishdi + FOTO
SHu kunlarda Qirg'iz Respublikasining Issiqko'l viloyatida bir nechta sport turlari bo'yicha "Qirg'iziston marvaridi" xalqaro festivali bo'lib o'tmoqda.
Unda Markaziy Osiyoning beshta davlatidan sportchilar g'oliblik yo'lida bahs olib borishyapti. Ushbu katta masshtabdagi festival doirasida dzyudo bo'yicha ham musobaqa tashkil etildi. 2002-2004 yillarda tavallud topgan yoshlar o'rtasida o'tkazilgan turnirda Xurshid Ahmedov, Murod G'aniev va Abduvosiq Tashmatov murabbiyligidagi bir guruh dzyudochilarimiz ham tatamiga chiqishdi.
Murosasiz bellashuvlar yakunida Ulug'bek Sodiqov (-60 kg) va SHavkat Saidqulov (-66 kg) o'z vazn toifalarida xalqaro turnir g'olibiga aylanishdi. -55 kg vaznda kurashgan Amal Ibragimov esa bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar