So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

05 okt 12:42
Yangiliklar

Sport kurashlari

Yosh erkin kurashchilar xotira turnirida FOTOGALEREYA

2-4 oktyabr kunlari Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasi arenasida O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi, sport ustasi Ravkat SHaxmaevning porloq xotirasiga bag'ishlab 2003-2005 va 2006-2008 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida erkin kurash bo'yicha I-Xorazm viloyati ochiq turniri o'tkazildi.

Yakuniy sarhisoblarga ko'ra, Xorazm viloyati terma jamoasi kurashchilari 12 ta vazn toifasida birinchi o'rinni egalladi. Buxoro viloyati sportchilari ikki bor, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent shahri vakillari bir martadan shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilishdi.  

Umumjamoa hisobida Xorazm viloyati jamoasi birinchi o'rinni egalladi. Ikkinchi o'rin buxoralik yosh polvonlarga nasib etgan bo'lsa, faxrli uchinchi o'ringa Toshkent shahrining yosh kurashchilari ko'tarilishdi.

Musobaqaning yopilish marosimida g'olib va sovrindor bo'lgan yosh erkin kurashchilar kubok, medal va diplomlar bilan taqdirlanishdi.

Kezi kelganda, R. SHaxmaev haqida muxtasar to'xtalib o'tsak. U hayotini sportga bag'ishlagan insonlar sirasidan edi. Oliygohni tugatib, sport maktabida murabbiy, direktor vazifalarida ishladi. Keyinchalik, Xorazm viloyati xalq talimi boshqarmasining “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati raisining o'rinbosari sifatida yosh avlodni manan va jismonan sog'lom tarzda voyaga etkazishdek xayrli ishlarga ulushini qo'shdi. 

Buning barobarida, sport olamida munosib iz qoldirdi. Oliygohning uchinchi bosqichida o'qib yurgan chog'ida Rossiyaning Vladikavkaz shahrida erkin kurash bo'yicha tashkil etilgan kasaba uyushmalari ko'ngilli sport jamiyati birinchiligida g'olib chiqib, o'sha paytda har qanday sportchi uchun orzuga aylangan-sport ustasi unvonini qo'lga kiritdi. 

So'ngra, sportning erkin kurash, sambo va kurash turlaridan bir necha bor O'zbekiston chempioni, xalqaro turnirlar g'olibi va sovrindori bo'ldi. Qolaversa, 1998 yilning 10-17 iyun kunlari Franciya davlatining Bordo shahrida bo'lib o'tgan erkin kurash bo'yicha faxriylar o'rtasidagi jahon chempionatining 35-40 yoshlilar guruhida bel olishib, 130 kilogramm vazn toifasida dunyoning ikkinchi raqamli faxriy kurashchisi nomini qo'lga kiritdi. O'z navbatida mehnat faoliyati davomida ko'plab shogirdlarni voyaga etkazdi. 

Albatta, bu fidoiy va jonkuyar insonning xizmatlari beetibor qolmadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 20 yanvardagi “Respublika baynalminal madaniy markazining tashkil etilganining 20 yilligi munosabati bilan milliy madaniy markazlarning bir guruh faollarini mukofotlash to'g'risida”gi Farmoniga asosan, unga  “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi” faxriy unvoni berildi.

Binobarin, Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, O'zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati viloyat mintaqaviy bo'limi va O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi viloyat bo'limi tomonidan Ravkat polvon SHaxmaevning xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan ilk turnirda Qirg'iziston Respublikasi, shuningdek, mamlakatimizning Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan tashrif buyurgan 370 nafardan ziyod yosh polvon 16 ta vazn toifasida bel olishdi.

Ikrom XUDOYBERGANOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing