09 sen 08:53
Yangiliklar
Yosh erkin kurashchimiz sport Oskari - “Oltin mangust” mukofotiga loyiq ko'rildi
“Oltin mangust” sportdagi “Oskar” sovrini bo'lib, sportda katta yutuqlarga erishayotgan dunyoning eng kuchli va sovrindor atletlariga topshiriladi. Kuni kecha Ukrainaning Odessa shahrida bu yilgi g'oliblarga ushbu mukofotni tantanali topshirish marosimi bo'lib o'tdi.
Marosimda ishtirok etgan yosh erkin kurashchimiz o'ziga atalgan sovrinni qabul qilib oldi. “Oltin mangust” sovrini nafaqat sportchilar, balki sport rivojiga hissa qo'shib kelayotgan faxriylar, sportga sarmoya kiritayotgan homiylar va tadbirkorlar hamda siyosatchilarga topshiriladi.
Malumot uchun, Umidjon Jalolovgacha O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi raisi o'rinbosari SHomurod SHofayziev, erkin kurash bo'yicha ikki karra Osiyo o'yinlari g'olibi Bekzod Abdurahmonov hamda boks bo'yicha Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do'smatovlar ham “Oltin mangust” sovrini bilan taqdirlanishgan edi.
Fikrlar