13 may 10:42
Yangiliklar
Karate
Yosh karatechilarimiz Filippinga jo'nab ketishdi
G'ofurjon Zohidov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi karate-WKF sport turi bo'yicha 14-17 may kunlari bo'lib o'tadigan nufuzli “Yoshlar ligasi” musobaqasida ishtirok etish uchun Filippinning Manila shahriga jo'nab ketdi.
Quvonarlisi, Toshkent viloyati sportchilari ham ushbu xalqaro musobaqada yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Xususan, Toshkent tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi, istedodli karatechi Saidkamol Adilov ham ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etadi.
Sportchimiz musobaqaga murabbiy Dilshod Yusupov rahbarligida tayyorgarlik ko'rdi.
Yoshlarimizga mazkur musobaqada omad va zafarlar tilaymiz!


Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar