25 dek 09:48
Yangiliklar
Og'ir atletika
Yosh og'ir atletikachilarimiz Osiyo chempionatida yana 5 ta medalga sazovor bo'lishdi
Qatar poytaxti Doha shahrida o'tkazilayotgan og'ir atletika bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'z yakuniga etib bormoqda.
So'nggi kunlarda og'ir vazn toifasidagi sportchilar o'rtasidagi bellashuvlar tashkil etilmoqda. Ortda qolgan kun hamyurtlarimiz 1 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medalga sazovor bo'lishdi. G'olib va sovrindorlar bilan tanishing:
Oltin medal:
-96 kg: Ruslan Rahmatjonov (o'smirlar, dast ko'tarish)
Kumush medallar:
-96 kg: Ruslan Rahmatjonov (o'smirlar, siltab ko'tarish)
-96 kg: Ruslan Rahmatjonov (o'smirlar, ikki kurash)
-109 kg: Qudratbek Salimjonov (yoshlar, dast ko'tarish)
Bronza medal:
-109 kg: Qudratbek Salimjonov (yoshlar, ikki kurash)
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar