20 fev 15:03
Yangiliklar
SHaxmat

Yosh shaxmatchilarimiz “Intellekt Akademiyasi Kubogi” sovrindori
Rossiya Federaciyasining Novokuzneck shahrida “Intellekt Akademiyasi Kubogi” xalqaro festivali doirasida o'tkazilgan jamoaviy tezkor shaxmat turnirida mamlakatimiz yoshlari muvaffaqiyatga erishdi.
Dunyoning 16 davlatidan kelgan 40 ga yaqin jamoalar ishtirokida o'tgan “Maktablarda shaxmat” dasturi doirasidagi bahslarda o'zbekistonlik shaxmatchilar umumjamoa hisobida 2-o'rinni qo'lga kiritdi.
Murosasiz bahslarda terma jamoamiz azolaridan Saidov Sardor ikkinchi taxtada 2-o'rinni, Nurmuhammad Nematillaxonov uchinchi taxtada 3-o'rinni, Dilnoza Ikromova beshinchi taxtada 1-o'rinni egalladi.
Havola :
Manba : uza.uz
Fikrlar