So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

05 jan 08:39
Yangiliklar

Tadbirlar

Yosh sportchilar Abdulla Qodiriy muzeyida bo'lishdi + FOTO

Tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad – bo'lajak chempionlarni adib hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirish, ularda vatanparvarlik tuyg'ularini yanada yuksaltirishdan iboratdir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 dekabrdagi “O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoyishida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2019 yil 28 dekabrda o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining tegishli buyrug'i ijrosini taminlash maqsadida vazirlik tomonidan sport musobaqalari hamda joylarga ekskursiyalar amalga oshirilmoqda.

O'zbek romanchiligining asoschisi vatanparvar adib Abdulla Qodiriy xotirasiga ehtirom ko'rsatish, milliy adabiyotimizga qo'shgan beqiyos hissasini ulug'lash maqsadida, Prezident SHavkat Mirziyoev tashabbusi bilan poytaxtimizning Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog'i oldida uning ijod maktabi va muzeyi barpo etildi.

Kecha ushbu maskanga poytaxtdagi sport maktablari tarbiyalanuvchilari uchun ekskursiya tashkil etildi.

Ekskursiya davomida yosh sportchilar adibning dunyo tan olgan asarlari, roman va qissalarining yaratilishi tarixini monitor orqali namoyish etilayotgan tarixiy va taniqli filmlar orqali tomosha qilishdi. Ushbu filmlar sportchilarda ajoyib taassurot, vatandoshimizga nisbatan cheksiz faxr uyg'otdi.

Tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad – bo'lajak chempionlarni adib hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirish, ularda vatanparvarlik tuyg'ularini yanada yuksaltirishdan iboratdir.

Bunday tadbirlar yurtimizning barcha joylarida 10 yanvarga qadar davom etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing