23 noy 11:48
Yangiliklar
Stol tennisi

Yosh stol tennischilarimiz Jahon chempionatida AQSHni mag'lub etishdi
SHveciyaning Xelsingborg shahrida stol tennisi bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati start oldi.
Dunyo birinchiligining birinchi kuni U-15 qizlar jamoalari o'rtasidagi bellashuvlar tashkil etildi. Vakilalarimiz ilk bosqichda AQSH qizlarini 3:2 hisobida dog'da qoldirishdi. CHorak finalda esa musobaqa favoriti Germaniyaga imkoniyat boy berildi.
SHu tariqa, qizlarimiz yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatining mazkur dasturini sakkizinchi o'rinda yakunlashdi.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi tarkibi: Xurshid Ahmedov, Asel Erkebaeva, Arujan Kamalova, Adelina Hasanova, Samira Qodirova.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar