07 mar 16:38
        Yangiliklar	
	
				
				    Velosport			    
				 
				
			 
				Yosh velosportchilar o'rtasida musobaqa tashkil qilindi
Poytaxtimizda o'smirlar va yoshlar o'rtasida velosport bo'yicha musobaqa o'tkazildi. 
			
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O'zbekiston Liberal-demokratik 
partiyasi Toshkent shahar kengashi tomonidan tashkil etilgan musobaqada 50 ga
 yaqin sportchi turli yosh toifalarida ishtirok etdi.
Musobaqaning 11-12 yoshli o'smirlar o'rtasidagi bahslarida Ilya Palchik va 
Katya Kapliya g'alaba qozongan bo'lsa, 13-14 yoshli o'g'il-qizlar o'rtasida Abror
 Boboev va Sofiya Karshova birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. 15-16 yoshli o'g'il 
bolalar o'rtasida o'tkazilgan poygada Evgeniy CHebotarev marraga birinchi 
bo'lib etib keldi.
Musobaqa g'olib va sovrindorlariga diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.
		
	
		
		
	
							
Javohir Toshxo'jaev, O'zA
            Havola            :         
                    Manba                : UzA
             
			
Fikrlar