28 apr 14:01
Yangiliklar
Xokkey
Yosh xokkeychilarimiz U-18 Osiyo Kubogini g'alaba bilan boshladi
Kecha Qirg'iz Respublikasi poytaxti Bishkekda xokkey bo'yicha 18 yoshgacha bo'lganlar o'rtasida Osiyo Kubogi boshlandi.
Musobaqada O'zbekiston o'smirlar termasi ham ishtirok etishi haqida xabar bergandik.
Vakillarimiz kecha ilk tur doirasida musobaqa mezboni — Qirg'izistonga qarshi muzga chiqdi va 4:2 hisobida g'alaba qozondi.
Bugun xokkeychilarimiz Hindiston bilan bahs olib boradi. O'yin 15:30 da boshlanishi belgilangan.
Malumot uchun, O'zbekiston mazkur yosh toifasida musobaqaning amaldagi g'olibi hisoblanadi.

Havola :
Manba : uz_hockey
Fikrlar