So’nggi yangiliklar

19:30Рамазон Темиров янгиланган UFC рейтингига муносабат билдирди (ФОТО) 0 18:42Энтони Жошуа нима сабабдан Усикнинг машғулот лагеридан кетганини тушунтирди 0 18:14"Барселона" ва "Реал" ярашув битимига эриша олмади 0 17:45Ислам Махачев қачондан кейинги жангига тайёргарликни бошлашини айтди 0 17:22Тошкентдаги проф бокс оқшоми учун яна бир жанг эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 16:54Таэквондо WТ терма жамоамиз World Taekwondo Final Гран-присида тўлиқ таркиб билан иштирок этади 0 16:17Гвардиола нима учун Италия терма жамоасини бошқаришдан бош тортгани ҳақида гапирди 0 15:41Гукеш Жавоҳир Синдаров билан илк партия ҳақида фикр билдирди 0 14:52Сенсацион мағлубиятидан кейин Гейбл Стивсоннинг UFC'даги навбатдаги жанги эълон қилинди 0 14:01Жавоҳир Синдаров Гукеш билан илк партиядан сўнг нималар деди? 0 13:15ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўз уйида Баҳрайн жамоасини меҳмон қилади 0 12:42Никита Белозерцев Анқарадаги Челленжерда нимчорак финалга йўл олди 0 11:31Царукян RAF лигасида Махачев ва Нурмагомедов билан курашмоқчи 0 10:24«Исламни ММАдан кетишга мажбур қиламан». Карлос Пратес Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида 0 09:36ЕЧЛ. "Арсенал" ғалабани қўлдан чиқарди, "Ман Сити"да дуранг ва бошқа натижалар 0

27 iyu 15:58
Yangiliklar

Tadbirlar

"Yoshlar oyligi"da "Yoshlar kubogi" sport musobaqalari o'tkaziladi

Musobaqalar respublikamizning "Yashil" toifaga mansub hududlarida Sog'liqni saqlash va Ichki ishlar boshqarmalari bilan kelishilgan holda o'tkaziladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrug'i bilan joriy yil 28 iyun kuni «Yoshlar oyligi» doirasida stol tennisi, mini futbol, voleybol, badminton sport turlari bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda viloyatlar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari tomonidan yoshlar o'rtasida ommaviy sport musobaqalari o'tkaziladi.

SHuningdek, respublikamiz miqyosida yugurish bo'yicha aholi o'rtasida «30 iyun – Yoshlar kuni»ga bag'ishlab «onlayn marafon» musobaqasi ham bo'lib o'tadi. Ushbu musobaqada mamlakatimizning har bir fuqarosi ishtirok etishi mumkin. «Onlayn marafon»da qatnashish uchun Yoshlarsport.com manzili orqali ro'yxatdan o'ting va musobaqa g'olibiga aylaning. Yakunda sizni qimmatbaho sovg'alar kutmoqda.

Musobaqalar respublikamizning «yashil» toifaga mansub hududlarida tegishliligi bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hududiy hokimliklar, Sog'liqni saqlash va Ichki ishlar boshqarmalari bilan kelishilgan holda o'tkaziladi.

«Yoshlar kubogi» sport musobaqalari Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 29 maydagi qaroriga muvofiq sanitariya qoida va meyorlari talablari saqlangan holda (ijtimoiy masofani saqlash, tibbiy niqob taqish, antiseptik vositalar bilan tez-tez qo'llarni dezinfekciya qilish va o'yingohga sportchilarni navbatma-navbat kiritish) tashkil etiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing