29 apr 12:02
Yangiliklar
Tadbirlar
Yoshlar siyosati va sport vaziri o'rinbosari Slovakiya elchisi bilan uchrashdi
Yoshlar siyosati va sport vaziri o'rinbosari Murodjon Ismoilov Slovakiya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Viktor Boretskiy bilan uchrashdi.
SHuningdek, uchrashuvda O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Irmatov ham ishtirok etdi. Uchrashuvda ikki mamlakat o'rtasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, murabbiylar va hakamlar, qolaversa sportchilar o'rtasida tajriba almashish imkoniyatini yaratish, xokkey hamda futbol sohasida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida kelgusida hamkorlikda tashkil etiladigan tadbirlar, hamkorlik loyihalari bo'yicha kelishib olindi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar