So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

10 fev 12:00
Yangiliklar

Tadbirlar

Yoshlarning sport bayramiga taraddud

Teglar :  Barkamol avlod
Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan yo'lga qo'yilgan uch bosqichli tizim – "Umid nihollari", "Barkamol avlod" va Universiada sport musobaqalari yoshlarimizning jismonan sog'lom, manan etuk insonlar bo'lib ulg'ayishida yuksak samaralar bermoqda.


Joriy yilda Jizzax viloyati "Barkamol avlod – 2017" sport o'yinlariga mezbonlik qiladi. O'rta-maxsus, kasb-hunar talimi muassasalari o'quvchilari o'rtasida har uch yilda ananaviy o'tkaziladigan mazkur sport musobaqasining final bosqichini yuqori saviyada tashkil etish uchun viloyatda qizg'in taraddud ko'rilmoqda.

Tayyorgarlik ko'rish bo'yicha tegishli tashkilotlar hamkorligida maxsus dastur ishlab chiqilib, keng ko'lamli qurilish-tamirlash, obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Jizzax shahridagi ko'chalar tamirlanib, erta bahorda gul va manzarali daraxt ko'chatlari o'tqazilishi rejalashtirilgan.

Musobaqalar o'tkaziladigan Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji sport inshootlari, Jizzax politexnika instituti futbol stadioni va ushbu institut qoshidagi akademik liceyning sport zalida, musobaqa ishtirokchilari joylashtiriladigan kasb-hunar kollejlari, oliy o'quv yurtlarining talabalar turar joylari va oshxonalarida tamirlash, rekonstrukciya ishlari yakunlanmoqda.

– Muassasamizda gandbol, stol tennisi, voleybol, taekvondo, badminton, erkin kurash kabi sport turlari bo'yicha bahslar o'tkazilishi rejalashtirilgan, – deydi Jizzax olimpiya zaxiralari kolleji direktori o'rinbosari Z.Karimov. – Universal sport zali, tennis korti, basseyn, gimnastika zali tamirdan chiqarilmoqda. Hududni obodonlashtirish ishlariga alohida etibor qaratilayotir.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing