So’nggi yangiliklar

12:11Новак Жоковичнинг "Уимблдон"даги юриши бошланди 0 11:50Копа Америка. 1/4 финал жуфтликлари маълум, бу босқичда дахшатли ўйин бор! 0 11:29"Осиё болалари" комплекс мусобақасидаги медалларимиз сони 63 тага етди + ЖАДВАЛ 0 11:08Нодирбек Абдусатторов Руминия турнири 6-турида Гири билан ўйнади + ФОТО 0 10:47Алекс Перейра P4P рейтингида Жон Жонсни ортда қолдирди 0 10:26Евро-2024. Кечаги учрашувларда кимлар "Man of the match" соҳибига айланди? 0 10:05Дзюдочиларимиз "Осиё болалари" мусобақасида 15 та медаль қўлга киритишди, 6 таси олтин! 0 09:44Дунёнинг биринчи ракеткаси "Уимблдон"да муваффақиятли старт олди 0 09:23Шоҳжаҳон Эргашев ҳазиломуз пост қўйди + ФОТО 0 09:02Copa America. Бразилия қийинчилик билан чорак финалга йўл олди 0 08:41"Осиё болалари": Ўзбекистон етакчиликка эришди 0 08:20WBC Деонтей Уайлдерга чемпионлик жанги бермоқчи 0 07:59Ёш дзюдочиларимиз Истанбулдаги турнирнинг илк куни 6 та медаль қўлга киритишди, 3 таси олтин + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 07:38Евро-2024. 1/4 финалнинг барча жуфтликлари ва бошланиш вақтлари билан танишинг 0 20:54Дзюдо федерацияси Париж-2024 Олимпиадаси олдидан матбуот анжумани ўтказди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

21 apr 20:45
Yangiliklar

Boks/MMA

YouTube'dagi mashhur bloger O'zbekistonda: u o'zbek boksi, yurtimizga tashrifi va navbatdagi jahon chempionati haqida gapirdi

Bir necha kun oldin YouTube'dagi mashhur "NeKarate" kanali muallifi Stanislav Sokolov O'zbekistonga keldi.

Ijtimoiy tarmoqda o'zining qiziqarli chiqishlari bilan nom qozongan bloger yurtimizda bir qator lavhalarni ham tayyorladi. O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati fursatdan foydalanib, Stanislav Sokolov bilan intervyu tashkil etdi.

Ushbu intervyuni etiboringizga havola qilamiz. 


- O'zbekistonga hush kelibsiz Stanislav. Yurtimizga tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsadingiz qanday edi?

- O'zbekistonlik murabbiylar bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali gaplashib turamiz. Ular bilan yuzma-yuz ko'rishishni istagandim. Murabbiylaringizni juda yaxshi taniyman, ular ham meni yaxshi bilishadi. Terma jamoa atrofidagi voqealarni, ularning jahon chempionati, Olimpiya o'yinlaridagi ishtiroklarini kuzatib boraman. Ular bilan kelib, shaxsan tanishishni istagandim. 

SHuningdek, O'zbekistonning madaniyatini, ko'rmoqchi edim. Bu erning ajoyib va mazali ovqatlarini tatib ko'rmoqchi bo'ldim. Ilk marotaba bu erga kelishim. Orada Samarqand shahriga ham borib keldim. 


- O'zbekistonga safaringiz davomida kutilmagan xodisalarga duch keldingizmi? Aynan nimalar sizni ajablantirdi?

- Meni bu erda o'z yaqinlaridek kutib olishdi. Mehmondo'stlik yuqori darajada. Bu haqida avval ham eshitgandim. Hozir Ramazon oyi ekan. Kechki vaqtga borib, barcha birga yig'iladi va iftorlik qiladi. Meni ham taklif etishdi. Bu men uchun juda qiziq bo'ldi. 

Iftorlik marosimining yoqqan jihati - insonlar birga yig'ilib, bir stol atrofida yig'ilishadi. Bir-birlari bilan gaplashib o'tirishadi, duolar qilishadi. Bizda juda kamdan-kam holatda bunday bo'ladi.

SHuningdek CHirchiq va Samarqand shaharlarida, Toshkent viloyatidagi CHorvoq suv ombori tomonlarda bo'ldim. Bu erda yurar ekanman, har qadamda chempionlarni ko'raman. Bu juda ajoyib. Bir tomonda jahon chempioni, boshqa tomonda esa Osiyo chempioni, Olimpiya o'yinlari sovrindorlari.

Terma jamoa o'quv-mashg'ulot yig'inlari o'tkazadigan Yangiobod bazasiga ham bordim. U erning havosi ajoyib ekan. Muhit ham zo'r edi. U erda bokschilarning tayyorgarlik jarayonini ko'rdim. Zallarni tomosha qilib, tasvirga oldim. Kattalar, ayollar, o'smirlar terma jamoalari mashg'ulotlarni davom ettirishmoqda. 


- Bir necha kun oldin kanalingizga Elshod Rasulov haqida video joylashtirdingiz. U hozirda ayollar terma jamoasida faoliyat olib bormoqda. Uning murabbiylik salohiyatini qanday baholaysiz?

- Ha, u haqida video tayyorlagandim. Avvaliga uni yaxshi taniy olmadim. Oldin barcha bokschilar shlemda jang qilishardi. Men tezkor, ajoyib usulga ega o'zbekistonlik bokschini eslardim. U kimligi aniq yodimda ham yo'q edi. U bilan bir stol ustida o'tirib, suhbatlashgandik. U suhbat davomida Bivol, Beterbiev kabi bokschilar bilan jang qilgani haqida gapirib berdi. Men esa shundan so'ng uni eslay boshladim va uning janglari ko'z oldimga kela boshladi. Keyin uning janglarini izlab, tomosha qilib chiqdim va esimga tushdi. Uning boy tajribasi ayollar terma jamoasida o'z samarasini berishiga ishonaman. Unda faqatgina Olimpiya o'yinlarining medali yo'q. Qolgan barcha nufuzli musobaqalarda u medallarga ega bo'lgan.  


- O'zbekiston terma jamoasining mashg'ulotlarida qanday noodatiy jihatlarni ko'rdingiz?

- Mashg'ulotlar barchasi tizimli yo'lga qo'yilgan. Umuman olganda mashg'ulotlar ko'p joyda bir hil olib boriladi. Ammo meni hayratlantirgani, bu erdagi tartib bo'ldi. Bokschilarning o'zini tutishi, murabbiy va shogirdlar o'rtasidagi munosabat yoqdi. Bokschilar murabbiylarning har bir so'zlarini diqqat bilan tinglashadi, ularga quloq solishadi. Kitoblar o'qib, shaxmat o'ynashadi. Bu aqliy rivojlanishda katta ahamiyatga ega. 


- Kanalingizni kuzatganimda bu mavzuga alohida etibor beraman. O'zingizga ham shu savolni bermoqchiman: O'zbekiston va Qozog'iston boksi o'rtasidagi farqni taqqoslay olasizmi?

- Bu provokacion savol. Bugungi kunga kelib, Osiyoda O'zbekiston va Qozog'iston teng kuchga ega terma jamoa. Professional boksda esa O'zbekiston biroz oldinda deb o'ylayman. CHunki, sizlarda Riodan keyinoq professional boksda harakatlar boshlangan. Qozog'iston esa biroz kechroq. Ular bu borada ham rivojlanishmoqda. 

Olimpiya boksi haqida gapirsak, har ikki mamlakat haqiqiy boks mamlakati. Aka-uka mamlakatlar. Ringda ular o'rtasida haqiqiy jang bo'ladi. 

Kanalda o'zbek va qozoq boksi haqida mavzu bo'lsa, ko'plab muhokamalar bo'ladi, ko'p muxlislar tomosha qilishadi. Har ikki mamlakatda ham odamlar boksni tushunishadi, diqqat bilan kuzatishadi. Qozog'istonda masalan 

Agar bunday raqobat bo'lmaganida rivojlanish bo'lmasdi. So'nggi musobaqalardan kelib chiqsak, ularning har ikkisi ham - top terma jamoalar. Olimpiadadan so'ng Qozog'iston o'z tarkibni yangiladi. O'zbekiston terma jamoasida ham yangi qon olib kirilganini ko'ryapmiz. 

Mendan O'zbekistonda nima uchun bokschilar bilan emas, murabbiylar bilan ko'p gaplashayotganim haqida so'rashdi. Murabbiy Rahmatjon aka (ha, mehmon suhbat davomida aynan aka deb aytib o'tdi - muallif) Ro'zioxunov bilan suhbatlashdik. U inson menga ko'plab masalalar, hususan Fanat Qahramonov bilan yuz bergan holat haqida gapirib berdi. Unda tayyorgarlikka vaqt bo'lmagani, reyting bo'yicha Olimpiadaga borganini aytdi. Samarqandga borganimda Fanat bilan ham gaplashdim. Juda yaxshi, kamtar yigit ekan. Ammo Tokio saralashida ro'y bergan vaziyat haqida uning o'zi gapirmadi. Bularning barchasini Rahmatjon aka gapirib berdi. Musobaqaga tayyorgarlik ko'rmagani, kutilmaganda Turkiyadan yana licenzion musobaqa bo'ladigan Ammanga qaytib borgani, bir kun ichida 7 kg vazn tashlashga to'g'ri kelganini bildim.

Bokschilar bilan gaplashsang, butun dunyodagi sovrinlarni qo'lga kiritishni istashlari haqida gapirishadi. Murabbiylar esa barcha vaziyatdan xabardor va qiziq holatlarni aytib berishadi. Bunday malumotlar uchun To'lqin Qilichev, Rahmatjon Ro'zioxunovga rahmat. Biz doim muloqotdamiz. SHuningdek, Farrux Qilichev bilan ham fikr almashib turamiz. 


- Bugungi deyarli yangilangan tarkibimizdan kimlarni bilasiz? Ularning Parij Olimpiadasidagi imkoniyatlarinichi?

- Hozir Olimpiadaga kim borishi sirga o'xshayapti. Ammo hozirgi tarkibdan ikki nafar kuchli bokschini aniq ko'rsata olaman. Birinchisi, agar Olimpiya o'yinlariga boradigan bo'lsa - Bahodir Jalolov. Ammo hozircha uning bu boradagi rejalari noaniq. Va albatta Abdumalik Xalakov. Ushbu ikki bokschilarga shubha qilmayman. Jalolov yuqori daraja. Abdumalikda esa bokschiga kerak bo'lgan barcha narsa bor. Agar u ruxiy tomonlama to'g'ri tayyorlansa, barchasi ideal bo'ladi. Ushbu ikki bokschi - potencial medallardir. 

- Bahodir Jalolovning professional boksdagi kelejagi haqida nima deya olasiz?

- Bu ham juda qiziq holat. U juda katta, yirik. CHapaqay va raqiblar uchun qiyin. SHunday vaznga egaligiga qaramay, oyoqda juda yaxshi harakatlanadi. Professional boksdagi janglarini muddatidan oldin yakunlamoqda. So'nggi janglardan birida u raqibini 47-soniyada nokautga uchratib qo'ydi. Professional ringda unga o'xshagan yigitlar deyarli yo'q. U asta-sekin profga moslashyapti. Uni jiddiy janglarga tayyorlab borishmoqda. O'ylaymanki, yana 5 ta jangdan so'ng top darajaga yaqinlashadi.  


- Kelasi yili biz kattalar o'rtasidagi jahon chempionatini qabul qilamiz. O'sha musobaqa vaqtida ham O'zbekistonga kelasizmi?

- Buni judayam istayman. Agar imkoniyatim bo'lsa, albatta kelaman. Musobaqaga taklif qilishdi. Nasib qilsa kelmoqchiman.


- O'zbekiston jahon chempionati mezbonligini qay darajada uddalay oladi deb o'ylasiz?

- Sizda yuqori darajali musobaqalarni o'tkazishda katta tajriba bor. Bungacha "Humo Arena"da professional boks oqshomlari tashkil etildi. SHuningdek U-22 Osiyo chempionati ham tashkil etildi. Zalning bezatilishi, bokschilarning chiqib kelishi, chiroqlar... Bu narsalar boksda katta ahamiyatga ega. Masalan, yaqinda Tailandda musobaqa yakunlandi. U erda translyaciya bo'yicha muammolar bo'ldi, tashkiliy tomonlama kamchiliklar kuzatildi. Sizda esa barchasi boshqacha o'tdi. Professionallarcha yondoshuv ko'rinib turdi. Bu ishni uddalaganlar, tashkilotchilarning mehnati tahsinga sazovor. Tashkilotchilarni shaxsan tanimayman, ammo ularning bajargan mehnatini alohida qayd etishimiz lozim. Musobaqa davomidagi "kartinka" yoqdi. Tashkilotchilik yuqori darajada bo'ldi. Ushbu tajriba asosida siz jahon chempionati mezbonligini juda yaxshi uddalaysiz deb o'ylayman. 


- Stanislav, vaqt ajratib intervyuga rozilik berganingiz uchun rahmat. Suhbat so'ngida o'zbek boksiga va muxlislar uchun tilaklaringiz...

- O'zbek boksi uchun yanada ko'proq g'alaba, ko'plab medallar, kamroq jarohat tilayman. Murabbiylarni eshitish, ularning gapiga quloq solish muhim. Murabbiylar ko'pincha kadr ortida qolib ketishadi. Ular katta hajmda ish olib borishmoqda. Bokschilar, murabbiylar, funkcionerlarga tasanno. G'alaba qozonganda ham barcha birga yutadi, mag'lubiyatni ham barcha birga jamoaviy qabul qiladi. O'zbek boksiga mana shunday hamjihatlikning bardavom bo'lishini tilayman. 

Aziz To'xtamurodov suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing