So’nggi yangiliklar

12:02Уимблдон 2026 турнирининг расмий постери тақдим этилди + ФОТО 0 11:41Нейт Диаснинг Жейк Пол лигасидаги жанги учун қанча гонорар олиши маълум 0 11:20"30 соат оч қолдим". Евлоев Рамазон ойида Мёрфи билан жангга тайёргарлик ҳақида гапирди 0 10:59Достон Ҳамдамов: "Имкониятдан фойдаланиб, мундиалга боришга ҳаракат қиламан" 0 10:38Пэдди Пимблетт навбатдаги жанги санасида Дана Уайт билан келишиб олди 0 10:17Майами (WTA). Соболенко бу йил 20 та учрашувдан 19 тасида ғалаба қозонди 0 09:56"Карам шўрва ва варениклар..." — Усик Энтони Жошуанинг Киевга ташрифи ҳақида 0 09:35Венесуэла бош мураббийи: "Муносиб бўлмаганларни терма жамоага чақирмайман" 0 09:14Умар Нурмагомедов: "Антидопинг борлигидан хурсандман, акс ҳолда Менделеев жадвали билан курашардик" (+ФОТО) 0 08:53"Мовсар титул жанги олади, ишонаверинг" - Мёрфи Евлоевдан учралган мағлубиятини изоҳлади 0 08:32RCC Гран-приси 1/2 финалига чиққан Лазизбек Фаттоев рус матбуотига интервью берди 0 08:11Расман: Англия Суперкубоги "Уэмбли"дан кўчирилди! Сабаб — концерт! 0 07:50Ислам Махачевнинг навбатдаги рақиби ким бўлиши айтилди 0 07:29PWL 11. Лайлохон Собированинг рақибаси маълум бўлди + ПОСТЕР 0 07:08Майами (WTA). Каролина Мухова 1/4 финалга чиқди 0

22 jan 16:45
Yangiliklar

Boks/MMA

Yubiley UFC 300 turnirining asosiy kardida kimlar jang qilishi mumkin yoxud Dana Uayt uchun bosh og'riq

Teglar :  UFC 300
Yubiley UFC 300 turniriga ham ko'p vaqt qolmadi.

So'nggi 8 yildagi eng muhim turnirning asosiy kardi hozircha nomalum bo'lib turibdi. Ronda Rouzi va Xabibning qaytishi, Konorning CHendlerga qarshi jang qilishi haqida ko'plab mish-mishlar aylanib yuribdi, ammo bular haqiqatga yaqin kelmaydi. Keling, bunday muhim turnirda kimlar jang qilishi mumkin ekanligini ko'rib chiqamiz. 

1. Aleks Pereyra va Israel Adesanya – yarimog'ir vazn toifasida chempionlik jangi 

 

Bu ikki yigit o'rtasidagi qarama-qarshilik 8 yildan beri davom etib keladi. Ular ortda qolgan yillar davomida 4 bor to'qnash kelishdi. Janglarning ikkitasi kikboksing va ikkitasi MMA bo'yicha o'tkazilgan. Hozircha hisob 3:1 Pereyra foydasiga, ammo so'nggi jang braziliyalik uchun achinarli bo'ldi, chunki Adesanya o'shanda o'rta vazndagi chempionlikni qaytarib oldi. Biroq Israelning xursandchiligi uzoqqa cho'zilmadi, u kamarini Striklendga boy berib qo'ydi. Aleks bilan revansh jangi yorqin o'tishiga hech qanday shubha yo'q. 

Ayni paytda Pereyra vaqtni boy bermay, bir vazn yuqoriga ko'tarilib, sobiq chempionlar Yan Blaxovich va Irji Proxazkani mag'lubiyatga uchratib, yarimog'ir vazn toifasida chempionlikni qo'lga kiritdi. Irjini taslim etganidan so'ng u yana Adesanyaga qarshi jang qilish istagi mavjudligini yashirib o'tirmadi. Hozircha nigeriyalik bu chaqiruvga hech qanday izoh bergani yo'q. Ushbu jangning asosiy ustunligi uzoq yillardan buyon davom etib kelayotgan qarama-qarshilik sanaladi. Zamonaviy MMA’da bunday juftlikni uchratish dargumon. UFC va qasos ishtiyoqida «lovullab» turgan Aleks bu jangni o'tkazishdan manfaatdor. 

Israel uchun ham bu yomon variant hisoblanmaydi. Birinchidan, motivaciya bilan bog'liq muammolar bo'lmaydi, bu SHondan uchralgan mag'lubiyatning asosiy omili bo'lib qoldi. Ikkinchidan, Adesanya hech qanday tavakkal qilmayapti, mabodo muvaffaqiyatli bo'lsa, u ikki kara chempionga aylanadi va qo'shimcha ravishda azaliy raqibi ustidan zafar quchadi. Agar nigeriyalik sportchi engilsachi? Ushbu mag'lubiyat Striklendga yutqazishdek sharmandali bo'lmaydi hamda bundan tashqari uning vazn toifasida ham emas. SHuningdek, reklama va jangdan yaxshigina pul ishlab topishi ham mumkin bo'ladi. 

Taxmin: Agar UFC bu jangni aossiy kard sifatida o'tkazishni istasa, ikkalaga jangchiga ham motivaciya bera oladi va muxlislar cho'qqiga chiqqan kikbokschilar o'rtasidagi qiziqarli qarama-qarshilikning navbatdagi qismini tomosha qilishadi. 


2. Tom Aspinall va Siril Gan – og'ir vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik jangi 


 

Bir nechta vaqtinchalik chempionlar o'z unvonlarini himoya qilishga majbur bo'lishdi, lekin Aspinall omadlilardan biri bo'lishi mumkin. Jarohatlangan Jon Jonsning o'z kamarini hech kimga berish istagi yo'q va Miochich bilan «pul» jangiga qadar undan voz kechmoqchi emas. Ana shundan keyingina u nafaqaga chiqishi mumkin. Ularning jangi kata ehtimol bilan 2024 yilning oxiridi bo'lib o'tadi. Agar Tom o'z kamarini himoya qilishni xohlasa, yubiley turnridan ko'ra munosibroq lahzani topish mushkul. Bu erda hammaning etibori, tomoshabinlarning qiziqishi va katta summalar keladi. Muammo shuki, og'ir vaznda munosib raqib topish qiyn bo'lib qoldi. Sergey Pavlovich formada emas, Miochich esa faqat Jonsga qarshi jang qilishga tayyor. 

Kertis Bleydes mart oyida boshqa potencial raqib Jilton Almeydaga qarshi jang o'tkazadi. Aspinall esa bir necha yil avval Volkovni osonlikcha «er tishlatgandi». Ayni dam yagona munosib raqib – reytingning ikkinchi raqamlisi – Siril Gan. Bir yil avval Jon uni qiyinchilik bilan mag'lub etgandi. Nomzodlar orasida Gan eng munosib nomzod hisoblanadi. U poziciyasida juda yaxshi va Tomning portlovchi hujumlarini zararsizlanitirshga qodir. Bundan tashqari, bu duelni hech bo'lmasa Angliya va Franciya o'rtasidagi qarama-qarshilik sifatida targ'ib qilish oson. Yubiley musobaqada «100 yillik urush» yomon eshitilmaydi, to'g'rimi?! 

Taxmin: Ushbu jang kechaning asosiy kardi sifatida yorqin ko'rinadi. Savol tug'iladi: UFC angliyalik jangchini vaqtinchalik unvonini himoya qilishga ko'ndira oladimi? 


3. Leon Edvards va Bilol Muhammad/SHavkat Rahmonov – yarim o'rta vaznda chempionlik jangi 


 

Yagona muammo shundaki, u hali kuchli 5 talikdagi yigitlar bilan jang qilmagan va yubiley turnirni boshqarish uchun etarli «ko'tarilmagan». Boshqa tomondan, bu muxlislar etiborini unga qaratish va to'g'ri targ'ib qilish uchun qulay imkoniyatdir. SHavkatning Leon bilan jangdagi imkoniyatlari, Edvardsga qarshi birinchi jangda butun raundni tik turgan holda «tutib olgan» Muhmmadnikidan afzalroqdek tuyulmoqda. Ammo, agar Rahmonov unvonga ega chiqadigan bo'lsa, bu Bilolga nisbatan adolatsizlik bo'ladi. Obektiv ravishda u birinchi bo'lib chempionga qarshi jang qilish huquqini qo'lga kiritdi. Ushbu tartibsiz chiqishlarni yakunlab, shuni aytish lozimki, amerikalik jangchi chempionlik uchun kurashishga loyiq, biroq so'nggi 8 yildagi musobaqada bunday ko'tarilish barcha nuqtai nazardan dahshatli muvaffqiyatsizlikdir. Asosiy bahsda ham Rahmonov va Edvardsning chiqishi marketing tomonlama mag'lubiyat, lekin jang g'olibi keskin tarzda ko'tarilib ketish ehtimoli yo'q emas. Xullas, qozoq sportchisining jangi Leon va Bilolning «shaxmat o'yini»dan yaxshiroq tanlov. 

Taxmin: Rahmonov kata ehtimol bilan chempionlikni qo'lga kiritadi, lekin bu jang UFC 300’ning asosiy kardiga tortmaydi. 


4. Drikus dyu Plessi va Israel Adesanya – o'rta vaznda chempionlik jangi 


 

Ushbu jang bo'lishi uchun bir nechta shartlar mos kelishi kerak edi. Ularning birinchisi uddalandi UFC 297 musobaqasida Drikus Striklendni mag'lub etdi. Ikkinchidan, u aprelgacha tiklanishga ulgurishi lozim bo'ladi. Taxminan bir yil oldin Plessi intervyu berib, u birinchi Afrika chempioni bo'lishini aytdi. Bunga javoban Adesanya bir qator gap-so'zlarni boshladi, u Drikusni umuman afrikalik emas, qul egalarining merosxo'ri deb atadi va tez orda u bilan o'zi shug'ullanishini takidladi. 

JARlik jangchi Uittaykerni nokautga uchratganidan so'ng Israelga qarshi duel muqarrar bo'ldi. Biroq, UFC dyu Plessiga katta bosim o'tkazib, uni Robert ustidan kozonilgan g'alabadan ikki oy o'tgach, Adesanya bilan jang qilishga ko'ndirdi. Avstraliyadagi stadionda maxsus nigeriyalik sportchi uchun o'tkazilgan UFC 293 asosiy turniri «yonib ketdi». Natijada, Drikus unga qarshi jangni rad etdi va uning o'rnini SHon Striklend egalladi. Dyu Plessining diqqat markazi Striklendga o'tdi va Adesanya yaqin kelajakda jang qilmasligini elon qildi. Ammo, agar bu jang hali rejalashtirilmagan bo'lsa, hozirgi voqelikda tashkil etilishi mumkin bo'lgan eng shovqinli voqea bo'ladi. 

Taxmin: eng kutilgan voqelik. Agar barchasi mos bo'lsa, ushbu juftlik barcha talablarga javob beradi.


Xorijiy saytlar asosida Xabib Jo'raboev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing