12 mar 15:46
Yangiliklar
Paralimpiya, Milan-Kortina-2026
Yulduz Mahmudova qishki Paralimpiya o'yinlarida startga chiqdi
Milan-Kortina-2026 qishki Paralimpiadasi doirasida para tog' chang'isi bo'yicha ayollar o'rtasidagi bellashuvlar boshlandi.
O'zbekiston terma jamoasi azosi Yulduz Mahmudova gigant-slalom dasturi bahslarida startga chiqdi.
"Tofane Alpine Skiing Centre" majmuasida tashkil etilayotgan musobaqadagi ilk urinishida Yulduz Mahmudova 1:46.64 soniyada marra chizig'ini kesib o'tdi.
Yurtdoshimizni oldinda ikkinchi bosqich kutib turibdi. Sportchimizning keyingi chiqishi Toshkent vaqti bilan soat 16:45 dan so'ng boshlanadi.


Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar