26 dek 16:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Yulduzli kard yig'ilmoqda. Suhrobbek Atajanov ham Toshkentda jang qiladi (POSTER)
Xabaringiz bor, 29 dekabr kuni Toshkentdagi "Humo arena" majmuasida MMA bo'yicha Octagon 68 turniri tashkil etiladi.
Musobaqa asosiy kardidan o'rin olgan navbatdagi bellashuv rasman elon qilindi.
Unga ko'ra, eng engil vazn toifasida jang qiluvchi o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Suhrobbek Atajanov turnir doirasida o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi. Xorazm viloyatida tug'ilgan Atajanovga o'sha kuni Qirg'iziston vakili Azizbek Keldibek Uulu raqiblik qiladi.
Turnirning markaziy jangi liga chempioni bo'lib turgan hamyurtimiz Anvar Abdullaev va ozarbayjonlik Farid Alibabazade o'rtasida kechadi.
Malumot uchun, Suhrobbek Atajanov faoliyati davomida 8 ta jang o'tkazib, 7 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. Azizbek Keldibek Uulu hisobida esa 12 ta g'alaba va 7 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar