20 avg 11:55
Yangiliklar
Yunon-rum kurashchilarimiz Jahon chempionatida Top-3`dan joy olishdi
Slovakiya poytaxti Bratislava shahrida tashkil etilayotgan chempionatning ortda qolgan kunida sportchilarimiz 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor bo'lishdi.
Kumush medallar
-60 kg: Dostonbek Oripov
-53 kg: Sohibjamol Esbo'sinova
Bronza medal
-50 kg: Nilufar Nurmuhammadova

Yunon-rum kurashi bahslarining yakuniga ko'ra, hamyurtlarimiz 95 ochko bilan umumjamoa hisobida Rossiya va Erondan keyin uchinchi o'rinni qo'lga kiritishdi.
Bugun kechki dasturda qizlarimizdan Muhayyo Narzilloeva -65 kg vazn toifasida final bahsini o'tkazsa, Feruza Kayratdinova (-62 kg) bronza medali uchun kurash olib boradi. SHuningdek, kun davomida erkin va ayollar kurashi bahslarida yana 3 nafar sportchimiz saralash bosqichida qatnashishadi.
Final:
-65 kg: Muhayyo Narzilloeva – Margarita Salnazaryan (Rossiya)
Bronza medali uchun:
-62 kg: Feruza Kayratdinova / Ozdenur Ozmez (Turkiya) – Yifan CHju (Xitoy)


Fikrlar